Birinchi oy bepul! Hoziroq ishni boshlash.
Keeping logo Keeping
Blogga qaytish
Buxgalteriya yozuvlari

Tovar-moddiy qimmatliklar boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlari

Tara, materiallar, yoqilgʻi va inventar boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlari, schyotlar korrespondensiyasi va meʼyoriy asoslarni bilib oling.

2026-08-05

19
KeepingPR

KeepingPR

Tovar-moddiy qimmatliklar boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlari

Tara, materiallar, yoqilgʻi, inventar — tovar-moddiy qimmatliklarning har bir turi boʻyicha buxgalteriya yozuvlari va schyotlar korrespondensiyasi.

Tovar-moddiy qimmatliklar (TMQ) — buxgalter kuniga eng koʻp marta duch keladigan blok. Bir tomondan bu oddiy koʻrinadi: material keldi — kirim qilindi, chiqarildi — hisobdan chiqarildi. Ikkinchi tomondan aynan shu yerda eng koʻp savol tugʻiladi: qaytariladigan tara qayerda hisobga olinadi, hisob narxi va haqiqiy tannarx oʻrtasidagi ogʻish qayerga yoziladi, kamomadni kimning hisobiga chiqarish kerak, davalcheskiy xomashyo kimning balansida turadi.

Quyida TMQ boʻyicha barcha yozuvlar 4-son va 21-son BHMS hamda Hisobvaraqlar rejasiga yoʻriqnoma talablari asosida, hodisalar boʻyicha tartiblangan holda keltirilgan.

 

«Barcha buxgalteriya yozuvlari» turkumi

  1. Asosiy vositalar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
  2. Nomoddiy aktivlar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
  3. Tovar-moddiy qimmatliklar (TMQ) boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
  4. Tayyor mahsulot va tovarlar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
  5. Pul mablagʻlari boʻyicha buxgalteriya yozuvlari

 

Tara qanday schyotlarda hisobga olinadi?

Taraning buxgalteriya hisobi ikkita shartga bogʻliq. Birinchisi, tashkilot uni qanday olgan: sotib olganmi yoki oʻz kuchi bilan ishlab chiqqan. Ikkinchisi, tara qanday qiymat boʻyicha kirim qilinishi: hisob qiymati yoki haqiqiy tannarxi.

Tara bilan operatsiyalar, shuningdek, tarani taʼmirlash va ishlab chiqishga moʻljallangan materiallar va qismlarning mavjudligi va harakatini quyidagilar aks ettiradi:

1060 «Idishlar va idishbop materiallar» schyotida barcha korxonalar, savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish bilan shugʻullanuvchi korxonalar bundan mustasno;

2950 «Tovar bilan band va boʻsh idishlar» schyotida savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish bilan shugʻullanuvchi korxonalar.

Tarani haq evaziga sotib olishingiz yoki oʻz kuchingiz bilan tayyorlashingizdan qatʼi nazar, mazkur schyotlardan foydalaning.

Agar tashkilot tarani oldi – sotdi, yetkazib berish shartnomalari boʻyicha haq evaziga sotib olgan boʻlsa, uning kelib tushishini tarani sotib olish narxi va uni sotib olish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni oʻz ichiga oladigan haqiqiy tannarxi boʻyicha hisobga oling.

Tarani haqiqiy tannarxi boʻyicha kelib tushishini yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 2950 Kredit 6010, 6990

  • savdo va umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan tara haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilindi;

Debet 1060 Kredit 6010, 6990

  • tara boshqa korxonalar tomonidan haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilindi;

Debet 4410 Kredit 6010, 6990

  • sotib olingan tara boʻyicha QQS hhisobga olindi;

Debet 6410 Kredit 4410

  • kirim qilingan tara boʻyicha QQS hhisobga olindi;

Agar tashkilot tarani oʻz kuchi bilan tayyorlagan boʻlsa, quyidagi yozuvlarni amalga oshiring:

Debet 2950 Kredit 2010, 2310

  • savdo va umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan mustaqil tayyorlangan tara haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilindi;

Debet 1060 Kredit 2010, 2310

  • boshqa korxonalar tomonidan mustaqil ravishda tayyorlangan tara haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilindi;

Materiallarning kelib tushinini hisob narxi bilan aks ettiradigan barcha korxonalar 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyoti va 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotini qoʻllaydi (21-sonli BHMSning 112, 115-bandlari)

Taraning haqiqiy tannarxi va hisob narxi oʻrtasidagi farqni uning kelib tushishi paytidagi boshqa daromadlar yoki xarajatlar tarkibida aks ettiring va 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti yoki 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida da hisobga oling (21-sonli BHMSning 149-bandi).

Bunda yozuvlarni amalga oshiring:

Debet 2950 Kredit 1510

  • xarid qilingan yoki mustaqil tayyorlangan tanarx hisob narxida kirim qilindi;

Debet 1510 Kredit 2010, 2310

  • tayyorlangan taraning haqiqiy tannarxi aks ettirildi;

Debet 1510 Kredit 6010, 6990

  • sotib olingan taraning haqiqiy tannarxi aks ettirildi.

QQS toʻlovchilar uchun:

Debet 4410 Kredit 6010, 6990

  • tarani sotib olish paytida toʻlangan QQS aks ettirildi;

Debet 6410 Kredit 4410

  • tarani sotib olish paytida toʻlangan QQS hisobga qabul qilindi;

Debet 1610 Kredit 1510

  • haqiqiy tannarxi va hisob narxi oʻrtasidagi salbiy farq, yaʼni sotib olish narxining hhisob narxidan oshib ketishi aks ettirildi;

Debet 9430 Kredit 1610

  • salbiy farq korxonaning boshqa operatsion xarajatlariga hisobdan chiqarildi;

Debet 1510 Kredit 1610

  • haqiqiy tannarxi va hisob narxi oʻrtasidagi ijobiy farq, yaʼni hisob narxining sotib olish narxidan oshib ketishi aks ettirildi;

Debet 1610 Kredit 9390

  • ijobiy farq boshqa operatsion daromadlarga hisobdan chiqarildi.

Tara uchun garov summasi qanday aks ettiriladi?

Tara uchun garov kelib tushishida quyidagi yozuvlarni amalga oshiring:

Debet 5110 Kredit 6990

  • tara uchun garov summasi olindi;

Debet 4010 Kredit 1060, 2950

  • qaytariladigan tara xaridorga topshirildi.

Xaridor tarani qaytarganidan keyin unga tarani qaytarish majburiyatini taʼminlash uchun oldin olingan mablagʻlarni oʻtkazib bering.

Bunda buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiring:

Debet 1060, 2950 Kredit 4010

  • tara xaridor tomonidan qaytarildi;

Debet 6990 Kredit 5110

  • tara uchun garov summasi xaridorga qaytarildi.

Qaytariladigan tarani balansdan tashqari hisobga olish (017-schyot)

Schyotlar rejasida foydalanishga topshirilgan qaytarilgan tarani hisobga olish uchun alohida balansdan tashqari schyot koʻzda tutilmagan. Shuning uchun uni mustaqil ochish mumkin. Misol uchun, bu 017 «Xaridorga berilgan qaytariladigan tara» schyoti boʻlishi mumkin. U boʻyicha hisobni miqdoriy va umumiy koʻrinishda yuriting.

Ushbu holatda mahsulotni qaytariladigan tarada realizatsiya qilishda buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiring:

Kredit 017

  • mahsulot xaridoriga berilgan, qaytariladigan taraning garov summasi aks ettirildi.

Tarani qaytarishda quyidagi yozuvlarni amalga oshiring:

Debet 017

  • tara qaytarilishi aks ettirildi.

Xaridor tarani qaytarmasa nima qilinadi?

Agar xaridor shartnomada belgilangan muddatda, garov summasi belgilangan koʻp marta ishlatiladigan tarani qaytarmagan boʻlsa, garov summasini xaridorga qaytarmang, taraning oʻtkazilishini esa u yuzaga kelgan davrda buxgalteriya hisobida asosiy faoliyatdan daromadlar va xarajatlar sifatida aks ettiring (4-son BHMS 83-bandi).

Buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlarni amalga oshiring:

Debet 4010 Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • qaytarilmagan garov berilgan taraning realizatsiyasi aks ettirildi;

Debet 9220 Kredit 4010

  • qaytarilmagan garov berilgan taraning hisobdan chiqarilishi aks ettirildi;

Debet 6990 Kredit 4010

  • olingan garov summasi realizatsiya qilingan tara uchun toʻlov sifatida hhisobga olindi.

QQS toʻlovchilarda:

Debet 9220 Kredit 6410

  • realizatsiya qilingan garovli tara boʻyicha QQS hisoblash aks ettirildi.

Tarani taʼmirlash va unga xizmat koʻrsatish xarajatlari

Koʻp marta ishlatiladigan tarani taʼmirlash va xizmat koʻrsatish xarajatlari, masalan, tozalash, alohida qismlar, qismlarni almashtirish va boshqalarni davr xarajatlariga kiriting. Koʻp marta ishlatiladigan tarani taʼmirlash va xizmat koʻrsatish xarajatlari, agar shartnomada koʻzda tutilgan boʻlsa, xaridor tomonidan qoplanishi mumkin (4-son BHMS 85-bandi).

Buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlarni amalga oshiring:

Debet 9400 Kredit 1000, 6710, 6500

  • oʻz kuchi bilan amalga oshirilgan tarani taʼmirlash xarajatlari hisobdan chiqarildi;

Debet 9400 Kredit 6010, 6990

  • uchinchi tashkilot tomonidan tarani taʼmirlash xarajatlari hisobdan chiqarildi.

Tara hisobdan chiqarilganda qanday yozuvlar beriladi?

Agar tarani hisobdan chiqarish natijasida korxona sotish yoki xoʻjalik faoliyatida foydalanish mumkin boʻlgan materiallarga ega boʻlsa, ular buxgalteriya hisobiga qabul qilinishi sanasida buxgalteriya maʼlumotnomasi asosida bozor narxida kirim qilinadi.

Tarani dalolatnoma asosida hisobdan chiqaring.

Tabiiy eskirishi tufayli qaytariladigan tarani hisobdan chiqarishda quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiring:

Debet 9220 Kredit 1060, 2950

  • taraning balans qiymati hisobdan chiqarildi;

Debet 1000 Kredit 9220

  • tarani hisobdan chiqarishda kelib tushgan materiallar kirim qilindi;

Debet 9220 Kredit 9320

  • tarani hisobdan chiqarishdan foyda aks ettirildi;

Debet 9430 Kredit 9220

  • tarani hisobdan chiqarishdan zarar aks ettirildi.

Tara qiymati mahsulot tannarxiga qachon kiritiladi?

Agar tashkilot mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida uni qadoqlagan boʻlsa, tara qiymatini mahsulot tannarxigi kiriting va ularni ishlab chiqarishga topshirish paytida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga oling.

Bunda buxgalteriya yozuvini amalga oshiring:

Debet 2010, 2310 Kredit 1060, 2950

  • tara qiymati mahsulotlar, tovarlar tannarxida hhisobga olindi.

Agar mahsulot ombor yoki savdo joylarida qadoqlangan boʻlsa, tara qiymatini realizatsiya boʻyicha xarajatlar tarkibiga kiriting.

Bunda buxgalteriya yozuvini amalga oshiring:

Debet 9410 Kredit 1060, 2950

  • tara qiymati mahsulotlar, tovarlar realizatsiyasi boʻyicha xarajatlarda hhisobga olindi.

Qaytarilmaydigan tara qanday hisobga olinadi?

Qaytarilmaydigan tarani alohida hisobga olmang, chunki yetkazib beruvchi uni ushbu tarada kelib tushgan tovarlar, materiallar qiymatiga kiritadi yoki realizatsiya boʻyicha xarajatlarda hisobga oladi.

Biroq agar tashkilot taradan oʻz faoliyatida foydalanishni yoki sotishni rejalashtirgan boʻlsa, tashkilotning boshqa daromadlari tarkibida bozor narxida hisobga olish kerak.

Bozor narxini ushbu tarani sotishdan olinishi mumkin boʻlgan summadan kelib chiqib aniqlang (4-son BHMS 3-bandi). Tarani ushbu tarada kelib tushgan materiallar, tovarlarni kirim qilish paytida hisobga oling.

Bunda buxgalteriya yozuvini amalga oshiring:

Debet 1060 2950 Kredit 9390 «Boshqa operatsion xarajatlar»

  • tashkilot qiymatini toʻlamaydigan tara kirim qilindi.

Xaridorda (mol oluvchida) qaytariladigan tara hisobi

Tara bilan operatsiyalar, shuningdek, tarani taʼmirlash va ishlab chiqishga moʻljallangan materiallar va qismlarning mavjudligi va harakatini quyidagilar aks ettiradi:

  • 1060 «Idishlar va idishbop materiallar» schyotida barcha korxonalar, savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish bilan shugʻullanuvchi korxonalar bundan mustasno;

  • 2950 «Tovar bilan band va boʻsh idishlar» schyotida savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish bilan shugʻullanuvchi korxonalar (21-sonli BHMSning 96,149-bandlari).

Qaytariladigan tarani realizatsiya qilinadigan mahsulot qiymatiga kiritmang. Uning qiymatini yetkazib beruvchi materiallar va tovarlarni yetkazib berish boshlangʻich hujjatlarida alohida satr bilan, unga qadoqlangan mahsulotlar, tovarlarning sotish narxini kiritmagan holda koʻrsatishi kerak.

Materialar, tovarlar, mahsulotlarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomada tarani qaytarish majburiyatini taʼminlash uchun tashkilot garov kiritishi kerakligi koʻzda tutilishi mumkin. Ushbu holatda kelib tushgan tarani 002 «Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklar» balansdan tashqari schyotida shartnomada belgilangan garov summasi boʻyicha hisobga oling. Tara uchun garovni oʻtkazishda buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiring:

Debet 4890 «Boshqa debitorlarning qarzlari» Kredit 5110

  • tarani qaytarish majburiyatini taʼminlash uchun garov summasi oʻtkazildi;

Debet 002

  • balansdan tashqarida qaytariladigan tara qiymati aks ettirildi;

Yetkazib beruvchiga taraning qaytarilishini buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiring:

Kredit 002

  • materiallar, tovarlar yetkazib beruvchisiga qaytariladigan tara qaytarildi.

Yetkazib beruvchidan mablagʻlarning kelib tushishida buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiring:

Debet 5110 Kredit 4890

  • garov summasi qaytarildi;

Tara qaytarilmasa, xaridorda qanday yozuvlar beriladi?

Buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlarni amalga oshiring:

Kredit 002

  • balansga kirim qilishda qaytarilmagan tara qiymati hisobdan chiqarildi;

Debet 2950 1060 Kredit 6010

  • tara toʻlovchilar uchun QQSni hisobga olmagan holda, qiymati boʻyicha kirim qilindi;

Debet 4410 Kredit 6010

  • QQS toʻlovchilarda, yetkazib beruvchining hisobvaraq-fakturasi asosida sotib olingan tara boʻyicha QQS hhisobga olindi;

Debet 6410 Kredit 4410

  • QQS toʻlovchilarda sotib olingan tara boʻyicha QQS hhisobga olindi;

Debet 6010 Kredit 4890

  • Garov summasi hhisobga olindi.

Materiallarning kelib tushishi qaysi schyotlarda aks etadi?

Materiallarning kelib tushishini 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» guruhi schyotlari boʻyicha har bir hisob birligining haqiqiy tannarxi boʻyicha aks ettiring (Schyotlar rejasiga yoʻriqnoma). 1000 guruhi schyotlari boʻyicha analitik hisobni materiallarni saqlash joylari va ularning alohida nomlari, turlari, navlari, oʻlchamlari boʻyicha yuritng.

Ushbu guruhga quyidagilar kiradi:

  • 1010 «xomashyo va materiallar»;

  • 1020 «sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar»;

  • 1030 «yoqilgʻi»;

  • 1040 «ehtiyot qismlar»;

  • 1050 «qurilish materiallari»;

  • 1060 «idish va idishbop materiallar»;

  • 1070 «chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar»;

  • 1080 «inventar va xoʻjalik jihozlari»;

  • 1090 «boshqa materiallar».

Materiallarning kelib tushishini buxgalteriya hisobida yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 1010-1090 Kredit 6010

  • transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olgan holda, materiallarning haqiqiy tannarxi boʻyicha kelib tushishi aks ettirildi;

Materiallarni hisob narxi boʻyicha kirim qilish

Materiallarning hisob narxi boʻyicha kelib tushishini quyidagi yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 1510 Kredit 6010

  • yetkazib beruvchi bilan shartnomada yoki boshqa hujjatlarda koʻzda tutilgan baho boʻyicha materiallarning xarid narxi aks ettirildi;

Debet 1510 Kredit 6010

  • transport-tayyorlov va boshqa oʻxshash xarajatlar materiallarning haqiqiy tannarxida hhisobga olindi;

Debet 1010-1090 Kredit 1510

  • materiallar hisob narxi boʻyicha kirim qilindi.

Hisob narxi va haqiqiy tannarx oʻrtasidagi ogʻishlar (1610)

Hisob narxi va haqiqiy tannarx oʻrtasidagi ogʻishni buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiring:

Debet 1610 Kredit 1510

  • ogʻish – materiallarning haqiqiy tannarxining ularning hhisob narxidan oshib ketishi aks ettirildi;

Debet 1510 Kredit 1610

  • ogʻish – materiallarning haqiqiy tannarxini ularning hisob narxidan pasayishi aks ettirildi.

hisobot oyi oxirida 1610 hisobvaragʻi boʻyicha saldo:

Debetli – ishlab chiqarishga chiqarilgan va sotilgan materiallarning qiymatiga mutanosib ravishda sarflangan materiallarni qisobdan chiqaradigan hisobvaraqlar hisobdan chiqariladi.

Kreditli – ishlab chiqarishga chiqarilgan va sotilgan materiallarning qiymatiga mutanosib ravishda sarflangan materiallarni hisobdan chiqaradigan hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda, hisobot oyi oxirida toʻlirlanadi

Agar keraksiz, ortiqcha materiallarni chetga sotayotgan boʻlsangiz, u holda ushbu materiallarga tegishli ogʻishlar summasini buxgalteriya yozuvi bilan hisobdan chiqaring:

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 1610.

Boʻnak hisobiga kelib tushgan materiallar

Materiallarni haqiqiy tannarxi boʻyicha boʻnak sifatida kelib tushishini buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak

Boʻnak sifatida materiallarning kelib tushishini quyidagicha aks ettiring:

Debet 4310 Kredit 5110

  • yetkazib beruvchiga boʻnak toʻlovi aks ettirildi;

Debet 1010-1090 Kredit 6010

  • materiallarning kelib tushishi aks ettirildi;

Debet 6010 Kredit 4310

  • yetkazib beruvchiga oʻtkazilgan boʻnak hisobga olindi;

Debet 6010 Kredit 5110

  • yetkazib beruvchiga qarzni toʻlash aks ettirildi.

Masʼul saqlashga olingan materiallar (002-schyot)

Materiallarni oʻz mulkingizga emas, balki vaqtincha olganingizda, ularning kelib tushishini 002 «Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklar» balansdan tashqari hisobvaragʻida aks ettiring. Masalan, yetkazib beruvchiga qaytarilishi kerak boʻlgan koʻp marta ishlatiladigan idishlarning kelib tushishini shunday aks ettirish mumkin.

Ushbu holatda materiallarni shartnomada koʻrsatilgan qiymati boʻyicha aks ettiring. Ularni haqiqiy tannarxi boʻyicha aks ettirish talab qilinmaydi, axir bu materiallar sizga tegishli emas. Materiallarni masʼul saqlashga kelib tushishini quyidagicha aks ettiring:

Debet 002

  • materiallarning masʼul saqlashga kelib tushishi aks ettirildi.

Tekin olingan materiallar qanday hisobga olinadi?

Buxgalteriya hisobida materiallarni tekin kelib tushishini yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 1010-1090 (1510) Kredit 8530 «Tekin olingan mulk»

  • tekin kelib tushgan materiallar hhisobga olindi.

8530 «Tekin olingan mulk» hisobvaraq mulkni tekin olishda zaxira kapitalining shakllangan qismi boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan (21-sonli BHMSning 357-bandi).

Tekin olingan mulk qiymati zaxira kapitaliga kiritiladi, yaʼni tashkilot mulkini shakllantirish manbai hisoblanadi («Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunning 19-moddasi).

Tekin olingan asosiy vositalar korxonaning oʻz kapitalini oshiradi. Ammo ulardan keyinchalik ishlab chiqarishda foydalanish yoki haq evaziga realizatsiya qilishda 8530 schyotidan mablagʻlarni hisobdan chiqarmang.

8530 schyotidagi mablagʻlar faqat korxona tugatilgan hollarda hisobdan chiqarilishi mumkin. Bu holda 8530 schyoti boʻyicha saldo ishtirokchilar oʻrtasida ularning tashkilotning ustav kapitalidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanishi va buxgalteriya hisobida yozuvlar bilan aks ettirilishi kerak:

Debet 8530 Kredit 6610

  • korxona tugatilganda taʼsischilar, ishtirokchilarga zaxira kapitali hisobidan dividendlar hisoblandi.

Bunday tartib Schyotlar rejasiga yoʻriqnomada belgilangan.

Tekin olingan mulkdan daromadni hisobda faqat hisoblangan foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqlarning umumiy summasi tarkibida aks ettiring.

Tekin olingan materiallar boʻyicha QQS summasini hisobga qabul qilmang. Istisno – oluvchi ular uchun QQS toʻlagan holatlar (SK 267-moddasi).

Debet 9820 Kredit 6400

tekin olingan mulk qiymatidan hisoblangan foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq summasi aks ettirildi.

«Alfa» MCHJ – aylanmadan soliq toʻlovchi bozor narxi 1 000 000 soʻm boʻlgan materiallarni tekin oldi. Tashkilot materiallarni 1010 schyotida, 1510 va 1610 schyotlaridan foydalanmagan holda haqiqiy tannarxi boʻyicha hisobga oladi.

«Alfa» buxgalteriya buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlarni amalga oshirdi:

Debet 1010 Kredit 8530

  • 1 000 000 soʻm — materiallarning bozor narxida kelib tushishi aks ettirildi;

Debet 2010 Kredit 1010

  • 1 000 000 soʻm — materiallar ishlab chiqarishga chiqarildi;

Debet 9820 Kredit 6410

  • 40 000 soʻm — tekin olingan mulk qiymatidan hisoblangan aylanmadan olinadigan soliq summasi aks ettirildi.

Ustav kapitaliga hissa sifatida kelib tushgan materiallar

Materiallarni ustav kapitaliga hissa sifatida kelib tushishini yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 1000 (1510) Kredit 4610

  • materiallar ustav kapitaliga hissa sifatida olindi.

Oʻz ishlab chiqarish materiallari va tayyor mahsulotdan foydalanish

Agar barcha tayyor mahsulotlardan materiallar sifatida foydalansangiz, u holda 2810 «Tayyor mahsulot» schyotiga kiritish shart emas, balki ularni darhol 1000 «Materiallar» schyotiga kirim qilish mumkin. Bunday tartib Schyotlar rejasiga yoʻriqnomada koʻzda tutilgan. Agar ushbu variantni tanlasangiz, uni buxgalteriya maqsadlari uchun hisob siyosatida belgilash kerak.

Oʻz kuchi bilan tayyorlangan mahsulotlarning kelib tushishini yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 1010-1090 (1510) Kredit 2010, 2310

  • oʻz kuchi bilan ishlab chiqarilgan materiallar omborga kelib tushdi.

Bunday tartib 21-sonli BHMSda koʻzda tutilgan (1000, 2010, 2310 hisobvaraqlari).

Asosiy vositalar tugatilishidan olingan materiallar

AV tugatilishidan materiallarning kelib tushishini yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 1010-1090 (1510) Kredit 9210

  • asosiy vositalarning tugatilishidan bozor narxida materiallar kelib tushdi.

Bunday tartib Hisobvaraqlar rejasiga yoʻriqnomada belgilangan.

Buzilgan materiallar va kamomadlar qanday hisobdan chiqariladi?

Agar tashkilot buzilgan materiallarni arzonlashtirishni rejalashtirsa, u holda hisobda yozuvlarni amalga oshiring:

Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 1000 «Materiallar».

Buxgalteriya hisobida foydalanish yoki sotish mumkin boʻlmagan TMQ buzilishidan koʻrilgan zararlarni hisobdan chiqarish tartibi aybdor shaxslarning aniqlangan yoki aniqlanmaganligi, yoxud buzilish sababi – fors major holatlar ekaniga bogʻliq.

Agar aybdor shaxslar aniqlansa, buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlarni amalga oshiring:

Debet 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar» Kredit 1000 «Materiallar»

  • materiallarning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi;

Debet 4730 «Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi» Kredit 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar» — aybdor shaxsning zararni qoplash boʻyicha majburiyati aks ettirildi.

Agar yetishmayotgan materiallarning bozor narxi ularning haqiqiy qiymatidan yuqori boʻlsa, yozuvlar quyidagicha boʻladi:

Debet 4730 «Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi» Kredit 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» — aybdor shaxsdan undirilishi shart boʻlgan materiallarning bozor narxi va haqiqiy qiymati oʻrtasidagi farq aks ettirildi.

Agar yetishmayotgan materiallarning bozor narxi ularning haqiqiy narxidan past boʻlsa, yozuvlar quyidagicha:

Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar» — aybdor shaxsdan undirilishi shart boʻlgan materiallarning bozor narxi va haqiqiy qiymati oʻrtasidagi farq aks ettirildi

Agar aybdor shaxslar aniqlanmagan boʻlsa, buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlarni amalga oshiring:

Debet 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar» Kredit 1000 «Materiallar» — materiallarning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi;

Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar» — kamomad hisobdan chiqarilishidan zarar aks ettirildi.

Agar tovarning buzilishiga tabiiy ofatlar sabab boʻlgan boʻlsa, u holda buzilgan tovarlarning qiymatini balans qiymati boʻyicha hisobot yili zararlari tarkibida hisobga oling. Bunda quyidagi yozuvlarni amalga oshiring:

Debet 9720 «Favqulodda zararlar» Kredit 1000 «Materiallar» — materiallarning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi.

Chetdan taqdim etilgan xomashyoni qayta ishlash (davalcheskiy xomashyo)

Buyurtmachi materiallarni qayta ishlashga topshirishni buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:

DebetKredit
Chetdan taqdim etilgan xomashyoni topshirish10701000
Avans ijrochiga – qayta ishlovchiga oʻtkazildi4310, 43305110
Oʻtkazilgan materiallar qiymati ishlab chiqarish xarajatlari uchun hisobdan chiqarildi2010, 2310 va hkz1070
Ijrochi tomonidan bajarilgan ishlar, xizmatlarning qiymati ishlab chiqarish xarajatlari uchun hisobdan chiqarildi2010, 2310 i dr6010
Qayta ishlangan materiallarni qaytarish10001070
Ijrochi tomonidan bajarilgan ishlarning (xizmatlarning) qiymati, agar olingan mahsulot buyurtmachining omboriga kelib tushsa, hisobdan chiqariladi10006010
QQS toʻlovchilar uchun ish, qayta ishlash xizmatlari qiymatidan QQSni hisobga olish, bundan QQSni toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllaydigan QQS toʻlovchilar mustasno4400640060104400
Avansni hisobga olish6010, 69904310, 4330
Ijrochiga qarz toʻlandi6010, 69905110
Qayta ishlash jarayonida foydalanilmagan va ijrochi tomonidan qaytarilgan materiallar kirim qilindi10001070

Ijrochi chetdan yetkazib berilgan xomashyoning kelib tushishini buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiradi:

DebetKredit
Qayta ishlash uchun chetdan taqdim etilgan xomashyo va materiallar kirim qilindi003
Buyurtmachidan avans olindi51106310
Chetdan taqdim etilgan xomashyo boʻyicha xarajatlar aks ettirilgan2010, 2310 va hkz0200, 0500, 1000 (ijrochining oʻz materiallari),2110, 6710, 6520 va hkz
Qayta ishlangan mahsulotni buyurtmachiga qaytarish003
Qayta ishlash boʻyicha bajarilgan ishlardan tushgan daromad aks ettirilgan40109030
QQS toʻlovchilar uchun QQS hisoblash40106410
Qayta ishlash boʻyicha bajarilgan ishlar, xizmatlar tannarxi hisobdan chiqarildi91302010, 2310 va hkz
Olingan avans hhisobga olindi63104010
Bajarilgan ishlar uchun ijrochidan qarzdorlik olindi51104010
Chetdan taqdim etilgan xomashyoni qayta ishlash boʻyicha xarajatlar hisoblari
2000 Agar chetdan taqdim etilgan xomashyoni qayta ishlash asosiy faoliyat turi boʻlsa2300 Agar chetdan taqdim etilgan xomashyoni qayta ishlash qoʻshimcha faoliyat turi boʻlsa2700 Agar chetdan taqdim etilgan xomashyo xizmat koʻrsatuvchilar xoʻjaliklar tomonidan qayta ishlansa

Materiallarni sotish qanday rasmiylashtiriladi?

QQS toʻlaydigan korxonalar uchun QQSni hisobga olgan holda oldi-sotdi shartnomasi asosida materiallarni bozor narxida soting. Buxgalteriya hisobida materiallar sotilishini 9220 “Boshqa aktivlarni chiqarib yuborish” hisobidan foydalangan holda boshqa aktivlarni sotish sifatida aks ettiring.

Buxgalteriya hisobida materiallarni sotish bilan bogʻliq daromad va xarajatlarni aks ettirish boʻyicha yozuvlarni quyidagilar asosida bajaring:

  • M-15 shakli yukxati;

  • ajratilgan QQS bilan hisobvaraq-faktura;

  • xaridordan haq toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjatlari.

Korxonada materiallarni hisobga olish usuliga qarab, ularni sotishda quyidagi hisoblardan foydalaning:

  • 1000 “Materiallar”;

  • 1610 “Materiallar qiymatida ogʻish”.

Sotiladigan materiallar tannarxini sotishdan olingan daromad tan olingan hisobot davrida xarajat sifatida belgilang.

Materiallarni sotishda moliyaviy natijani, yaʼni korxonaning ularni sotishdan olgan foyda yoki zararini aniqlang. Quyidagi formula boʻyicha moliyaviy natijani aniqlang:

Moliyaviy natija=Sotishdan tushgan daromadMateriallarning balans qiymatiEgri soliqlar

Chetda materiallarni sotishda yozuvlar:

DebetKredit
Materiallarning balans qiymatini hisobdan chiqarish9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi”1000 “Materiallar”1610 “Materiallar qiymatida ogʻish”
Materiallarni sotish4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olish uchun hisoblar”9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi”
QQS hisoblash9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi”6400 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz”
Materiallarni sotishdan tushgan foydani aks ettirish9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi”9320 “Boshqa aktivlar chiqib ketishidan foyda”
Materiallarni sotishdan tushgan zararni aks ettirish9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”9220“Boshqa aktivlar chiqib ketishi”

Ustav fondiga ulush hisobiga materiallarni oʻtkazish

UFdagi ulush hisobiga materiallarni oʻtkazishda 4-sonli BHMS 59-bandiga muvofiq ushbu operatsiya boʻyicha moliyaviy natijani hisoblab chiqing.

Moliyaviy natija=Ulushni baholashOʻtkaziladigan materiallarning amaldagi qiymati

Ijobiy moliyaviy natija — foydani 9320 “Boshqa aktivlar chiqib ketishidan foyda” hisobi krediti boʻyicha aks ettiring, manfiy moliyaviy natija — zarar —9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi debeti boʻyicha.

Quyidagi yozuvlarni yozamiz:

Debet 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi” Kredit 1000 “Materiallar”

  • materiallarning amaldagi qiymatini hisobdan chiqaramiz;

Debet 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalar” Kredit 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi”

  • UFdagi ulushni baholash qiymati boʻyicha materiallar bilan aks ettiramiz;

Debet 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi” Kredit 6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz”

  • QQSni hisoblaymiz;

Debet 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi” Kredit 9320 “Boshqa aktivlar chiqib ketishidan foyda”

  • materiallarning amaldagi qiymati va ulush qiymati oʻrtasidagi ijobiy farqni — foydani aks ettiramiz;

Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” Kredit 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi”

  • materiallarning amaldagi qiymati va ulush qiymati oʻrtasidagi manfiy farqni — zararni aks ettiramiz.

Materiallarni bepul (tekinga) oʻtkazish

Moliyaviy natija, yaʼni materiallarni bepul oʻtkazishda korxona olgan foyda yoki koʻrgan zararni quyidagi formula boʻyicha aniqlang:

Moliyaviy natija=Materiallar chiqib ketishidan koʻrilgan daromadMateriallarning balans qiymatiEgri soliqlar (materiallar chiqib ketishi bilan bogʻliq)

Qoidaga koʻra buxgalteriya hisobida materiallarni bepul oʻtkazishdan daromad kelib chiqmaydi.

Bunda quyidagi yozuvlarni yozing:

Debet 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi” Kredit 1000 “Materiallar”

  • bepul oʻtkazilgan materiallar qiymati hisobdan chiqarildi;

Debet 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi” Kredit 6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz”

  • bepul oʻtkazilgan materiallar qiymati (toʻlovchilardan) QQS yozildi;

Debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olish uchun hisoblar” Kredit 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi”

  • materiallarning bepul oʻtkazilishi aks ettirilgan.

Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” Kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olish uchun hisoblar”

  • materiallarning bepul oʻtkazishdan koʻrilgan zarar hisobdan chiqarildi.

Chiqib ketayotgan taʼsischiga ulush hisobiga materiallar berish

Buxgalteriya hisobida nafaqaga chiqib ketayotgan taʼsischining ulushini toʻlash boʻyicha materiallarni oʻtkazishni ularni sotish sifatida aks ettiring, yaʼni materiallarni korxona balansidan hisobdan chiqaring.

Taʼsischi yoki ishtirokchi chiqib ketayotganda materiallar chiqib ketishini hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ularning ulushiga koʻra qarz” Kredit 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi”

  • ulushga haq toʻlashni materiallar bilan aks ettiramiz.

6620 debeti boʻyicha chiqib ketayotgan taʼsischining qarz miqdorini uning ulushiga koʻra aks ettiramiz, 9220 krediti boʻyicha esa materiallar qiymati miqdorini aks ettiramiz.

Debet 9220 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ularning ulushiga koʻra qarz” Kredit 1000 “Materiallar”

  • oʻtkaziladigan materiallar tannarxini hisobdan chiqaramiz.

Agar materiallarning qiymati qarz miqdoridan oshsa, chiqib ketayotgan taʼsischi farqni qaytaradi. Bunda buxgalter quyidagi yozuvni kiritadi:

Debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzi” Kredit 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi”

  • chiqib ketayotgan taʼsischiga farqni qaytarish summasini aks ettiramiz;

Debet 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi” Kredit 6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz”

  • oʻtkaziladigan materiallarning dastlabki ulushdan oshadigan qiymatidan QQS hisoblanishini aks ettiramiz.

Quyidagi formuladan boʻyicha moliyaviy natijani, yaʼni korxona ushbu operatsiyadan oladigan foyda yoki zararni aniqlang:

Moliyaviy natija=Materiallar, shu jumladan QQS oʻtkaziladigan qiymatMateriallarning balans qiymatiMateriallar chiqib ketishi bilan bogʻliq egri soliqlar

Materiallarni oʻtkazishda olingan foydani quyidagi yozuv bilan aks ettiring: Debet 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi” Kredit 9320 “Boshqa aktivlar chiqib ketishidan foyda”

Materiallarni oʻtkazishda koʻrilgan zararni quyidagi yozuv bilan aks ettiring: Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” Kredit 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi”.

Materiallar ombordan chiqarilganda qanday yozuvlar beriladi?

Omborda materiallar uchun omborchi yoki ombor mudiri javob beradi, ular 1000 guruh schyotlarida hisobga oladi. Materiallar ombordan chiqib ketganda vaziyat oʻzgaradi: hisob va masʼul shaxs oʻzgaradi.

Dastlab sotib olingan materiallar qayerga yuborilishi mumkinligini aniqlang. Ular:

  • mahsulot ishlab chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qilishi;

  • ishlab chiqarish jarayonida qoʻshimcha sarflanadigan material boʻlishi;

  • tayyor mahsulotlarni qadoqlash funktsiyasini bajarishi;

  • boshqaruv jarayonida maʼmuriyat ehtiyojlari uchun foydalanilishi;

  • foydalanishdan chiqariladigan asosiy vositalarni tugatishga koʻmaklashishi;

  • yangi asosiy vositalarni qurish uchun foydalanilishi mumkin va hokazo.

Materiallar ombordan qanday ehtiyojlar uchun chiqarilishi materiallarni hisobdan chiqarish boʻyicha buxgalteriya yozuvlari ehtiyojlarga bogʻliq:

Debet 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” Kredit 1000

  • mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo chiqarildi;

Debet 2310 “Qoʻshimcha ishlab chiqarish” Kredit 1000

  • materiallar taʼmirlash tsexiga chiqarildi;

Debet 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” Kredit 1000

  • tsexga xizmat koʻrsatuvchi farroshga latta va qoʻlqop chiqarildi;

Debet 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” Kredit 1000

  • buxgalterga ofis texnikasi uchun qogʻoz berildi;

Debet 9410 “Sotish boʻyicha xarajatlar” Kredit 1000

  • tayyor mahsulotni qadoqlash uchun idish berildi;

Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” Kredit 1000 — asosiy vositani tugatish uchun materiallar chiqarildi;

Debet 0800 “Kapital mablagʻlar” Kredit 1000

  • kapital mablagʻlarni amalga oshirishda materiallar chiqarildi;

Debet 2610 “Ishlab chiqarishda brak” Kredit 1000

  • brakni tuzatish uchun materiallar chiqarildi;

Debet 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” Kredit 1000

  • xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar ehtiyojlari uchun materiallar chiqarildi.

Odatda birlamchi hisob hujjatlari oʻz maqsadi boʻyicha darhol ishlatilgan materiallar uchun chiqariladi, demak Debet 2010, 2510, 2610 Kredit 1000 yozuvlari bilan birga keladi.

Ombordan chiqarilgan, lekin ishlatilmagan materiallarni foyda soligʻi boʻyicha na buxgalteriya hisobida, na soliq hisobida joriy oyning xarajatlari sifatida hisobga olmang.

Bunday vaziyatlarda materiallarni ombordan ishlab chiqarish boʻlimiga chiqarilishini 1000 schyotiga alohida subschyotdan, masalan, **“Tsexdagi materiallar”**dan foydalangan holda ichki koʻchirish sifatida aks ettiring. Oyning oxirida yana bir hujjat – materiallar xarajati toʻgʻrisidagi dalolatnomani tuzing, unda materiallar sarflanishi yoʻnalishi koʻrinib turadi. Va shu paytda materiallar hisobdan chiqariladi.

Tabiiy yoʻqotish doirasidagi kamomad va yoʻqotishlar

Ishlab chiqarish sohasidagi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan moddiy boyliklarning yoʻqotilishi va kamomadi tegishli ravishda mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxiga va boshqa operatsion xarajatlarga kiritiladi (p.p. 1.1.8. va 2.3.15.2. Xarajatlar tarkibi toʻgʻrisidagi nizom).

Buxgalteriya hisobida ular quyidagi tartibda aks ettiriladi:

Debet 2000, 2100,2300, 2500, 2700, 9430 Kredit 5910 “Qimmatliklar buzilishidan kamomad va yoʻqotish”.

Qarz shartnomasi boʻyicha materiallarni oʻtkazish

Qarz shartnomasi boʻyicha materiallar korxona hisobidan hisobdan chiqariladi:

  • nomenklatura boʻyicha;

  • amaldagi tannarx.

Buxgalteriya hisobida materiallarni qarz sifatida chiqarish boʻyicha operatsiyalarni aks ettirish uchun 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotidan foydalaning.

Qarz sifatida oʻtkazilgan materiallarga egalik huquqi qarz oluvchiga oʻtadi. TMQ buxgalteriya hisobida qarz beruvchi sotishga oʻxshash tarzda balansdan hisobdan chiqaradi, qarz oluvchi esa ularni balansga kirim qiladi.

Materiallarni oʻtkazishda moliyaviy natijani, yaʼni korxona ushbu operatsiya natijasida oladigan foyda yoki zararni aniqlang. Buni quyidagi formuladan foydalanib aniqlaymiz:

Moliyaviy natija=Materiallar chiqib ketishidan koʻrilgan daromadMateriallarning balans qiymatiMateriallar chiqib ketishi bilan bogʻliq egri soliqlar

Bu 4-sonli BHMS 59-bandida belgilangan.

Buxgalteriya hisobida qarz shartnomasi boʻyicha materiallarning oʻtkazilishini ularni sotish sifatida aks ettiring, yaʼni qarz beruvchi materiallarni balansdan hisobdan chiqaradi va qarz oluvchi ularni balansga kirim qiladi.

Qarz shartnomasi boʻyicha chiqib ketayotgan materiallarning balans qiymatini, shuningdek, bu bilan bogʻliq xarajatlarni 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi” schyotining debeti boʻyicha hisobda aks ettiring (21-sonli BHMS 393-bandi).

Ushbu schyot boʻyicha debet saldosi — zararni 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga hisobdan chiqaring, kredit saldosi — foydani esa 9320 “Boshqa aktivlar chiqib ketishidan foyda” schyoti kreditiga hisobdan chiqaring.

Materiallarni oʻz tannarxi, balans qiymati boʻyicha oʻtkazishda ushbu operatsiya boʻyicha foyda yuzaga kelmaydi.

Berilgan qarzni xarajatlarda, uning qaytarilishini esa daromadlarda hisoblamang. Qarz beruvchi faqat hisoblangan foizlarni daromadlarda hisobga oladi.

Materiallarni qarz sifatida oʻtkazishni quyidagi yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi” Kredit 1000 “Materiallar”

  • oʻtkaziladigan materiallar balans qiymati hisobdan chiqariladi;

Debet 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” Kredit 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi”

  • materiallar oʻtkazilishi qarz sifatida aks ettiriladi;

Debet 9220 “Boshqa aktivlar chiqib ketishi” Kredit 6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz”

  • QQS yozilishi aks ettiriladi.

Qarzni qaytarishda materiallar tushishini quyidagi yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 1000 “Materiallar” Kredit 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”

  • qarz oluvchi tomonidan materiallar qaytarilishi aks ettiriladi;

Debet 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha avans toʻlovlari” Kredit 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”

  • qaytarilgan materiallar boʻyicha QQS hisobga olinishi aks ettiriladi.

Qarz boʻyicha foizlarni hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 4830 “Olish uchun foizlar” Kredit 9530 “Foizlar shaklida daromadlar”

  • qarz boʻyicha olish uchun foizlar hisoblandi;

Debet 9810 “Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar” Kredit 6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz” Debet 6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz” Kredit 4830 “Olish uchun foizlar”

  • toʻlov manbasida ushlab qolingan soliq summasi aks ettirilgan;

Debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” Kredit 4830 “Olish uchun foizlar”

  • qarz oluvchidan foizlar olindi.

Yoqilgʻi va yoqilgʻi-moylash materiallari (YOMM) hisobi

Yoqilgʻi hisobini “Tovar-moddiy zaxiralar” 4-sonli BHMS ga muvofiq yuriting (roʻyxat raqami 3259, 30.06.2020). Yoqilgʻini 1030 “Yoqilgʻi” schyotida hisobga oling.

Yoqilgʻi tarkibiga quyidagilar kiritilgan:

  • neft mahsulotlari;

  • yoqilgʻi-moylash materiallari (YOMM): neft, benzin, kerosin, dizel yoqilgʻisi, moy va hokazo;

  • qattiq yoqilgʻi: koʻmir, oʻtin va hokazolar;

  • gazsimon yoqilgʻi: gaz va gazolin;

  • ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq yoqilgʻi sifatida foydalaniladigan ikkilamchi moddiy qimmatliklar.

YOMM buxgalteriya hisobi quyidagi koʻrinishda boʻladi:

Xoʻjalik operatsiyasini taʼminlashHisobvaraqlarning bogʻlanishi
DebetKredit
Yukxati va yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturasi asosida YOMM xarid qiymatini aks ettirish1030 “Yoqilgʻi”6010“Yetkazib beruvchilar va pudratchilarga haq toʻlash uchun hisobvaraqlar”
Xarid qilingan YOMM boʻyicha QQSni hisobga olish (QQS toʻlovchilar uchun)4410“Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha avans toʻlovlari (turlari boʻyicha)”6410“Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)”6010“Yetkazib beruvchilar va pudratchilarga haq toʻlash uchun hisobvaraqlar”4410“Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha avans toʻlovlari (turlari boʻyicha)”
YOMMni asosiy, qoʻshimcha korxonalar ehtiyojlari, umumishlab chiqarish va umumxoʻjalik maqsadlari, maʼmuriy xarajatlar va sotish boʻyicha xarajatlar uchun hisobdan chiqarish2010“Asosiy ishlab chiqarish”2310“Qoʻshimcha ishlab chiqarish”2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari”9420 “Maʼmuriy xarajatlar”9410“Sotish boʻyicha xarajatlar”1030 “Yoqilgʻi”

Inventar va xoʻjalik buyumlari qanday hisobga olinadi?

Buxgalteriya hisobida inventar va xoʻjalik buyumlari bilan operatsiyalarni quyidagi yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 1080 Kredit 6010

  • inventar va xoʻjalik buyumlari kelib tushishi.

QQS toʻlovchilar sotib olingan inventar va xoʻjalik buyumlari boʻyicha soliq miqdorini hisobga qabul qiladi.

Debet 4410 Kredit 6010 Debet 6410 Kredit 4410

  • QQSni hisobga olish.

Debet 2000, 2310, 2510, 2710, 9400 Kredit 1080

  • foydalanishga oʻtkazishda inventar va xoʻjalik buyumlari qiymatini darhol hisobdan chiqarish.

Inventar va xoʻjalik buyumlari foydalanish uchun berilgan va xarajatlarga hisobga chiqarilgandan keyin ularning qiymatini 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik buyumlari” balansdan tashqari schyotida ulardan foydalanish joyi kesimida hisobga oling

Debet 014

  • foydalanishga topshirishda inventar va xoʻjalik buyumlari qiymati hhisobga olindi

Inventar va xoʻjalik buyumlarining foydalanish muddati tugagach, ularni korxona balansdan tashqari hisobidan quyidagi yozuv bilan hisobdan chiqaring:

Kredit 014

  • foydalanish muddati tugagach, inventar va xoʻjalik buyumlari qiymati hisobdan chiqarildi.

Inventar va xoʻjalik buyumlari qiymatini muddati oʻtgan xarajatlarga hisobdan chiqarishni 3290 “Boshqa muddati oʻtgan xarajatlar” hisobvaragʻida quyidagi yozuvlar bilan hisobga oling:

Debet 3290 Kredit 1080

  • inventar va xoʻjalik buyumlari qiymati muddati oʻtgan xarajatlarga kiritildi

Debet 2000, 2310, 2510, 2710, 9400 Kredit 3290

  • tanlangan usulga qarab xarajatlar moddalari boʻyicha muddati oʻtgan xarajatlar hisobdan chiqarildi.

Xulosa

TMQ hisobidagi asosiy qoida oddiy: har bir harakat — kirim, ichki oʻtkazma, chiqim, kamomad — oʻz hujjatiga va oʻz yozuviga ega boʻlishi kerak. Qaytariladigan tara va davalcheskiy xomashyo balansdan tashqarida yuritiladi, ogʻishlar esa 1610-schyotda toʻplanadi va oy oxirida taqsimlanadi.

Keeping platformasida ombor operatsiyalari, materiallar harakati va ular boʻyicha hisobotlar bir tizimda yuritiladi — kirim va chiqim hujjatlari avtomatik shakllantiriladi.

Keeping platformasini 1 oy bepul sinab koʻring va TMQ hisobini tartibga soling.


Buxgalteriyani yangicha yuritishga tayyormisiz?

U holda hoziroq ro'yxatdan o'tib, 1 oy bepul sinab ko'ring va barcha imkoniyatlarni o'zingiz baholang!

Biz bilan bog'lanish uchun formani to'ldiring

Mutaxassislarimiz siz bilan tez orada bog'lanadi va barcha savollaringizga javob beradi.

Telefon

+998 88 301 84 84

Elektron pochta

info@keeping.uz

Telegram

@keepinguz

Manzil

Toshkent sh, Yunusobod tumani, Kichik halqa yo'li 38/1

Ma'lumotlaringizni yuborish orqali siz Keeping Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

🍪

Saytimizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali siz ushbu fayllardan foydalanishga rozilik bildirasiz.