Birinchi oy bepul! Hoziroq ishni boshlash.
Keeping logo Keeping
Blogga qaytish
Buxgalteriya yozuvlari

Nomoddiy aktivlar boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlari

Nomoddiy aktivlarni sotib olish, yaratish, amortizatsiya qilish va hisobdan chiqarish boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlarini bilib oling.

2026-08-05

19
KeepingPR

KeepingPR

Nomoddiy aktivlar boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlari

Dasturiy taʼminot, tovar belgisi, patent, litsenziya — nomoddiy aktivlarni kirim qilishdan chiqib ketishigacha barcha buxgalteriya yozuvlari.

Nomoddiy aktivlar (NMA) — qoʻlga olib boʻlmaydigan, lekin korxonaga real daromad keltiradigan aktivlar: dasturiy mahsulotlar, tovar belgilari, patentlar, nou-xau, foydalanish huquqlari. Ularni hisobga olishdagi asosiy savol odatda bitta boʻladi — aktiv balansga olinadimi yoki balansdan tashqari hisobga tushadimi. Javob mutlaq huquqlarning kimda ekaniga bogʻliq.

Quyida nomoddiy aktivlar boʻyicha barcha yozuvlar — sotib olish, tekin olish, ustav fondiga hissa, korxonada yaratish, amortizatsiya, hisobdan chiqarish, sotish va taʼsischiga topshirish — 7-son va 21-son BHMS talablari asosida keltirilgan.

 

«Barcha buxgalteriya yozuvlari» turkumi

  1. Asosiy vositalar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
  2. Nomoddiy aktivlar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
  3. Tovar-moddiy qimmatliklar (TMQ) boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
  4. Tayyor mahsulot va tovarlar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
  5. Pul mablagʻlari boʻyicha buxgalteriya yozuvlari

 

Nomoddiy aktiv qanday holatda 0400-schyotda hisobga olinadi?

Intellektual mulk obyektlarini, agar tashkilot barcha mutlaq huquqlarga ega boʻlsa, NMA tarkibida 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyotida hisobga oling.

Agar intellektual mulk obyektiga boʻlgan mutlaq huquqlarning faqat bir qismi olingan boʻlsa, bunday obyekt foydalanish uchun olingan nomoddiy aktiv deb tan olinadi. Foydalanishga olingan intellektual mulk obyektlari tashkilot balansiga kirim qilinmagani sababli ular boʻyicha 016 «Foydalanish huquqi boʻyicha olingan nomoddiy aktivlar» schyotida balansdan tashqari hisobini yuritish kerak (7-son BHMS 8 -paragrafi).

NMA boshlangʻich qiymatiga nimalar kirmaydi?

Buxgalteriya hisobida NMA boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobga oling:

Boshlangʻich qiymatga kiritilmaydigan xarajatlar:

  • sotib olingan NMA toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;

  • aktivni sotib olish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa xarajatlar.

Ushbu summalar korxonaning joriy xarajatlari sifatida tan olinadi (7-son BHMS 15-bandi). NMA sotib olish xarajatlarini 0830 «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» hisobvaragʻi debeti boʻyicha aks ettiring. Xuddi shu schyotda NMA boshlangʻich qiymatiga kiritilgan barcha xarajatlarni jamlang.

NMA hisobga qabul qilish, foydalanishga topshirishni 0410-0490 schyotlari debetida NMA obyektiga qarab aks ettiring (21-son BHMSning 41-bandi).

Nomoddiy aktivni sotib olish qanday yozuvlar bilan aks ettiriladi?

Nomoddiy aktivlarni sotib olishni hisobga oling:

DebetKreditOperatsiya nomi
0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar»NMA sotib olinishi aks ettirildi
0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar»,6990 «Boshqa majburiyatlar»NMA sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar aks ettirildi
4410 «Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)»6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar»Sotuvchiga toʻlangan QQS aks ettirildi (soliq toʻlovchilarda)
6410 «Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)»4410 «Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)»Sotib olingan NMA boʻyicha QQS hisobga olinishi aks ettirildi
0400 «Nomoddiy aktivlar»0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»NMA hisobga qabul qilinishi aks ettirildi (foydalanishga topshirish)
DebetKredit
0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»8530 «Tekin olingan mulk»
0400 «Nomoddiy aktivlar»0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»

Tekin olingan nomoddiy aktivlar qanday kirim qilinadi?

Tekin olingan nomoddiy aktivlarning kelib tushishini buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiring:

DebetKreditOperatsiya nomi
0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»8530 «Tekin olingan mulk»NMA tekin kelib tushishi aks ettirildi
0400 «Nomoddiy aktivlar»0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»NMA hisobga qabul qilinishi aks ettirildi (foydalanishga topshirish)

8530 «Tekin olingan mulk» schyoti mulkni tekin olish natijasida hosil boʻlgan zaxira kapitalining bir qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan (21-sonli BHMS ning 357-bandi).

Tekin olingan mulk qiymati zaxira kapitaliga kiritiladi («Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunning 19-moddasi), yaʼni tashkilot mulkini shakllantirish manba boʻlib xizmat qiladi.

Tekin olingan NMA korxonaning oʻz kapitalini oshiradi. Ammo keyinchalik ishlab chiqarishda foydalanishda yoki sotishda bunday NMA uchun haq evaziga 8530 schyotidan mablagʻlarni hisobdan chiqarmang. 8530 schyotidan mablagʻlarni faqat korxona tugatilgandan keyin hisobdan chiqarish mumkin. Ushbu holatda 8530 schyoti boʻyicha saldoni taʼsischilar oʻrtasida ularning tashkilotning ustav kapitalidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlang va yozuvlar bilan aks ettiring:

Debet 8530 Kredit 6610 — korxona tugatilganda taʼsischilar, ishtirokchilarga zaxira kapitali hisobidan dividendlar hisoblandi.

Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan NMA

DebetKredit
4610 «Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi»8330 «Paylar va hissalar»
0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»4610 «Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi»
0400 «Nomoddiy aktivlar»0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»

UF ga hissa sifatida nomoddiy aktivlarning kelib tushishini yozuvlar bilan aks ettiring:

DebetKredit
4610 «Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi»8330 «Paylar va hissalar»Taʼsischilarning UF hissalari boʻyicha qarz aks ettiriladi
0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»4610 «Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi»UF hissa sifatida NMA kelib tushdi
4410 «Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)»4610 «Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi»Kelib tushgan NMA boʻyicha QQS aks ettirildi (soliq toʻlovchilar)
6410 «Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)»4410 «Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)»Kelib tushgan NMA boʻyicha QQS hisobga olindi (soliq toʻlovchilar)
0400 «Nomoddiy aktivlar»0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»NMA hisobga qabul qilindi (foydalanishga topshirildi)

Korxonaning oʻzida yaratilgan nomoddiy aktivlar

DebetKredit
0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»1000 «Materiallar»6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar»6990 «Boshqa majburiyatlar»6710 «Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar»6520 «Davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar» va NMA yaratish boʻyicha xarajatlar summasi hisobga olinadigan boshqa schyotlar
0400 «Nomoddiy aktivlar»0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»

Korxonada yaratilgan nomoddiy aktivlarni hisobga qabul qilishni buxgalteriya yozuvlar bilan aks ettiring:

DebetKreditOperatsiya nomi
0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»1000 «Materiallar»6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar»6990 «Boshqa majburiyatlar»6710 «Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar»6520 «Davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar» va NMA yaratish boʻyicha xarajatlar summasi hisobga olinadigan boshqa schyotlarNMA yaratish boʻyicha xarajatlar kapital qoʻyilmalar tarkibida aks ettirildi
0400 «Nomoddiy aktivlar»0830 «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»NMA kirim qilinishi aks ettirildi

NMA amortizatsiyasi qayerda va qanday hisobga olinadi?

NMA boʻyicha jamgʻarilgan amortizatsiyani 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» schyotida hisobga oling.

NMA foydalanish xususiyatiga qarab u boʻyicha hisoblangan amortizatsiyani odatiy faoliyat turlari boʻyicha xarajatlarga yoki boshqa xarajatlarga yoxud kapital qoʻyilmalar tarkibiga kiriting. Bunda buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiring:

Debet 2000 (2300, 2500, 2700, 9400 va boshqalar) Kredit 0500 — tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish yoki savdo faoliyatida foydalaniladigan NMA boʻyicha amortizatsiya hisoblandi;

Debet 0800 Kredit 0500 — kapital qoʻyilmalar, boshqa aktivlarni yaratish, modernizatsiya qilish, rekonstruktsiya qilishda foydalaniladigan NMA boʻyicha amortizatsiya hisoblandi.

Bunday tartib Hisobvaraqlar rejasiga yoʻriqnomadan kelib chiqadi.

NMA hisobdan chiqarilganda qanday yozuvlar beriladi?

Nomoddiy aktivlarning qiymatini hisobdan chiqarish bilan bir vaqtda, agar bu summa buxgalteriya hisobi 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» schyotida aks ettirilgan boʻlsa, toʻplangan amortizatsiya summasini hisobdan chiqaring.

NMA hisobdan chiqarishdan daromad va xarajatlar:

  • ular tegishli boʻlgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiring;

  • tashkilotning moliyaviy natijalariga kiriting.

NMA chiqib ketishida Schyotlar rejasiga yoʻriqnoma quyidagilarni belgilaydi:

  • ular boʻyicha hisoblangan eskirish summasini 0500 nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar debetidan 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotiga hisobdan chiqarish;

  • NMA boshlangʻich qiymatini tegishli 0400 nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar kreditidan 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotiga hisobdan chiqarish.

NMA hisobdan chiqarishda buxgalteriya hisobida yozuvlarni amalga oshiring:

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 0400 «Nomoddiy aktivlar»

  • boshlangʻich qiymatining hisobdan chiqarilishi;

Debet 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish;

Debet 8510 «Uzoq muddatli aktivlar boʻyicha tuzatishlar» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • qimmatlashish saldosini hisobdan chiqarish;

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 1000 «Materiallar», 6710 «Mehnatga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar» va NMA chiqib ketishi bilan bogʻliq xarajatlar aks ettirilgan boshqa schyotlar:

  • NMA chiqib ketishi boʻyicha xarajatlarni hisobdan chiqarish.

9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyoti boʻyicha debetli saldo – bu NMA chiqib ketishidan zarar, uni joriy hisobot davrida 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga hisobdan chiqaring. Kreditli saldo – bu foyda boʻlib, uni 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotida aks ettiring:

Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • hisobdan chiqarishdan zararni aks ettirish;

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda»

  • hisobdan chiqarishdan foyda aks ettirildi.

NMA ustav fondiga hissa sifatida topshirilganda

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 0400 «Nomoddiy aktivlar»

  • boshlangʻich qiymatni hisobdan chiqarish;

Debet 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish;

  • qimmatlashish saldosini hisobdan chiqarish;

Debet 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • qayta bahlolash saldosini hisobdan chiqarish;

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 1000 «Materiallar», 6710 «Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar» va NMA chiqib ketishi bilan bogʻliq xarajatlar aks ettirilgan boshqa schyotlar.

  • NMA chiqib ketishi boʻyicha xarajatlarni hisobdan chiqarish;

Debet 0600 «Uzoq muddatli investitsiyalar» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi »

  • UF hissani aks ettirish.

Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • chiqib ketishdan zararni aks ettirish;

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 9320 "** Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda**"

  • chiqib ketishdan foydani aks ettirish.

NMA tekinga oʻtkazilganda

Buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiramiz:

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 0400 «Nomoddiy aktivlar» — boshlangʻich qiymatni hisobdan chiqarish; Debet 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» — hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish; Debet 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» — qayta baholash saldosini hisobdan chiqarish; Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 1000 «Materiallar», 6710 «Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar» va NMA chiqib ketishi bilan bogʻliq xarajatlar aks ettirilgan boshqa schyotlar.

— NMA chiqib ketishi boʻyicha xarajatlarni hisobdan chiqarish.

9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti boʻyicha debetli saldo – zararni joriy hisobot davrida 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga hisobdan chiqaring, kreditli saldoni – foydani esa 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotida hisobdan chiqaring.

Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» — chiqib ketishdan zararni aks ettirish;

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» — chiqib ketishdan foydani aks ettirish.

NMA realizatsiya qilinganda

NMA realizatsiya qilinganda quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiramiz:

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 0400 «Nomoddiy aktivlar»

  • boshlangʻich qiymatni hisobdan chiqarish;

Debet 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish;

Debet 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • qimmatlashish saldosini hisobdan chiqarish;

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 1000 «Materiallar», 6710 « Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar » va NMA chiqib ketishi bilan bogʻliq xarajatlar aks ettirilgan boshqa schyotlar.

  • NMA chiqib ketishi boʻyicha xarajatlarni hisobdan chiqarish;

Debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • realizatsiyadan tushimni aks ettirish.

9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti boʻyicha debetli saldo – zararni joriy hisobot davrida 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga hisobdan chiqaring, kreditli saldoni – foydani esa 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotida hisobdan chiqaring.

Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • realizatsiyadan zararni aks ettirish;

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda»

  • realizatsiyadan foydani aks ettirish.

NMA chiqib ketayotgan taʼsischiga topshirilganda

Buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiramiz:

Debet 6620 «Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar»Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • chiqib ketayotgan taʼsischiga NMA oʻtkazish;

Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Kredit 0400 «Nomoddiy aktivlar»

  • boshlangʻich qiymatni hisobdan chiqarish;

Debet 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish;

Debet 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» Kredit 9220 « Boshqa aktivlarning chiqib ketishi »

  • qayta baholash saldosini hisobdan chiqarish.

Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»

  • chiqib ketishdan zararni aks ettirish;

**Debet 9220 " Boshqa aktivlarning chiqib ketishi **" Kredit 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda»

  • chiqib ketishdan foydani aks ettirish.

Agar oʻtkazilayotgan NMA qiymati taʼsischi oldidagi qarz summasidan oshib ketsa, u holda taʼsischi korxonaga farqni qaytaradi va NMA hamda taʼsischiga uning ulushi boʻyicha qarz summasi oʻrtasidaga farq uchun qoʻshimcha yozuvlarni qilish kerak.

Debet 4890 «Bosha debitorlar qarzlari» Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi».

Xulosa

Nomoddiy aktivlar boʻyicha hisobda ikkita nuqta eng koʻp xatoga sabab boʻladi: mutlaq huquqlar toʻliq olinmaganda aktivni balansga olib qoʻyish va chiqib ketishda jamgʻarilgan amortizatsiyani bir vaqtda hisobdan chiqarishni unutish. Yuqoridagi yozuvlar shu ikkala holatni ham aniq koʻrsatadi.

Keeping platformasida nomoddiy aktivlar boʻyicha operatsiyalar, amortizatsiya jadvali va hisobotlar avtomatik shakllantiriladi — schyotlar korrespondensiyasini qoʻlda tekshirib oʻtirishga hojat qolmaydi.

Keeping platformasini 1 oy bepul sinab koʻring va nomoddiy aktivlar hisobini soddalashtiring.


Buxgalteriyani yangicha yuritishga tayyormisiz?

U holda hoziroq ro'yxatdan o'tib, 1 oy bepul sinab ko'ring va barcha imkoniyatlarni o'zingiz baholang!

Biz bilan bog'lanish uchun formani to'ldiring

Mutaxassislarimiz siz bilan tez orada bog'lanadi va barcha savollaringizga javob beradi.

Telefon

+998 88 301 84 84

Elektron pochta

info@keeping.uz

Telegram

@keepinguz

Manzil

Toshkent sh, Yunusobod tumani, Kichik halqa yo'li 38/1

Ma'lumotlaringizni yuborish orqali siz Keeping Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

🍪

Saytimizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali siz ushbu fayllardan foydalanishga rozilik bildirasiz.