Asosiy vositalar boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlari: toʻliq qoʻllanma
Asosiy vositalarni kirim qilish, amortizatsiya, qayta baholash, lizing va chiqib ketish boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlarini bir joyda koʻring.
2026-08-05

KeepingPR

Asosiy vositalarni kirim qilishdan tortib ularni tugatishgacha — barcha buxgalteriya yozuvlari, hisob raqamlari va meʼyoriy asoslar bitta qoʻllanmada.
Asosiy vositalar (AV) — korxona balansidagi eng «ogʻir» va eng koʻp savol tugʻdiradigan aktivlar guruhi. Ularni sotib olish, tekinga olish, ustav kapitaliga hissa sifatida qabul qilish, taʼmirlash, qayta baholash, lizingga berish yoki olish, sotish, dividend hisobiga topshirish va tugatish — har bir hodisa oʻzining aniq buxgalteriya yozuvini talab qiladi. Bitta xato schyot esa hisobotni ham, soliq bazasini ham buzadi.
Quyida asosiy vositalar boʻyicha yozuvlar milliy standartlar (BHMS) talablariga muvofiq, hayotiy stsenariylar boʻyicha tartiblangan holda keltirilgan. Bu material — kundalik ishda ochib qoʻyiladigan maʼlumotnoma.
- Asosiy vositalar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
- Nomoddiy aktivlar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
- Tovar-moddiy qimmatliklar (TMQ) boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
- Tayyor mahsulot va tovarlar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
- Pul mablagʻlari boʻyicha buxgalteriya yozuvlari
21-sonli BHMSning 3-bandiga muvofiq asosiy vositalar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
0110 «Yer»;
0120 «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar»;
0130 «Mashina va asbob-uskunalar»;
0140 «Mebel va ofis jihozlari»;
0150 «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi»;
0160 «Transport vositalari»;
0170 «Ishchi hayvonlar»;
0180 «Koʻp yillik oʻsimliklar»;
0190 «Boshqa asosiy vositalar».
0199 «Konservatsiya qilingan asosiy vositalar».
Buxgalteriya hisobida obyektni xoʻjalik usulida qurish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni 0810 «Tugallanmagan qurilish» schyotida aks ettiring. Shu bilan birga, yozuvlarni amalga oshiring:
Debet 0810 Kredit 1000, 6010, 6990, 6710, 6500
— obyektni yaratish va uni foydalanishga yaroqli holatga keltirish bilan bogʻliq xarajatlar aks ettirildi;
Debet 0810 Kredit 6010, 6990 — obyektni qurish boʻyicha pudrat ishlarining qiymati aks ettirildi;
Debet 4410 Kredit 6010, 6990 — soliq toʻlovchilarda pudratchi tomonidan taqdim etilgan QQS aks ettirildi;
Debet 6410 Kredit 4410 — soliq toʻlovchilarda pudratchi tomonidan taqdim etilgan QQS hisobga olinishi aks ettirildi.
Debet 4410 Kredit 6010, 6990 — obyektni yaratish va uni foydalanishga yaroqli holatga keltirish bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha soliq toʻlovchilarda QQS aks ettirildi;
Debet 6410 Kredit 4410 — obyektni yaratish va uni foydalanishga yaroqli holatga keltirish bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha soliq toʻlovchilarda QQS hisobga olinishi aks ettirildi
Debet 0100 Kredit 0820
- asosiy vositalar dastlabki qiymati boʻyicha hisobga olindi va foydalanishga topshirildi.
Agar asosiy vositadan foydalanilmayotgan boʻlsa va ekspluatatsiyaga topshirilmagan boʻlsa, u holda bunday oʻtkazmani qilmang.
Asosiy vositalarning sotib olinishi bilan bogʻliq xarajatlarni buxgalteriya hisobida 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyotida aks ettiring. Asosiy vositalarni hisobga qabul qilinishini 0100 «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» guruhi schyotlarida aks ettiring.
Debet 0820 Kredit 6000
- haq evaziga sotib olingan, asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadigan mulk qiymati aks ettirildi;
Debet 0820 Kredit 6900, 6710, 6500
- asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadigan mulkni sotib olish xarajatlari aks ettirildi;
Debet 4410 Kredit 6000, 6900
- soliq toʻlovchilarda asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadigan sotib olingan mulk hamda transportda tashish va vositachilik xizmatlari xarajatlari boʻyicha QQS aks ettirildi;
Debet 6410 Kredit 4410
- soliq toʻlovchilarda asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadigan sotib olingan mulk hamda transportda tashish va vositachilik xizmatlari xarajatlari boʻyicha QQS hisobga olinishi aks ettirildi;
Debet 0100 Kredit 0820
- asosiy vosita boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobga qabul qilindi va foydalanishga topshirildi.
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning ustav kapitaliga hissa sifatida kelib tushishi bilan bogʻliq xarajatlarni 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyotida aks ettiring. Asosiy vositalarni hisobga qabul qilishni 0100 «Asosiy vositalar» guruhi schyotlarida aks ettiring:
Debet 4610 Kredit 8330 — taʼsischining ustav fondiga hissa boʻyicha qarzdorligi aks ettirildi;
Debet 0820 Kredit 4610 — ustav kapitaliga hissa sifatida kelib tushgan asosiy vosita qiymati aks ettirildi;
Debet 0820 Kredit 6990, 6710, 6500 — ustav kapitaliga hissa sifatida olingan mulkni foydalanishga yaroqli holatga keltirish xarajatlari aks ettirildi;
Debet 4410 Kredit 4610 — QQS toʻlovchilarda ustav fondiga kelib tushgan asosiy vositalar boʻyicha soliq aks ettirildi;
Debet 6410 Kredit 4410 — soliq toʻlovchilarda QQS hisobga olinishi aks ettirildi;
Debet 0100 Kredit 0820 — asosiy vosita boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobga qabul qilindi va foydalanishga topshirildi.
Tashkilotga tekinga kelib tushgan mol-mulkni 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti debeti boʻyicha 8530 «Tekinga olingan mulk» schyoti krediti bilan bogʻlagan holda aks ettiring. Asosiy vositalarni foydalanishga topshirishda ularni keyinchalik buxgalteriya hisobiga qabul qilish 0820 schyotini 0100 «Asosiy vositalar» guruhi schyotida yoping.
Asosiy vositalarni tekinga kelib tushishi bilan bogʻliq xarajatlarni 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyotida aks ettiring. Buxgalteriya hisobida yozuvlarni amalga oshiring:
Debet 0820 Kredit 8530
- tekinga kelib tushgan asosiy vositalar qiymati aks ettirildi;
Debet 0820 Kredit 6990,6710,6500
- asosiy vositalarni foydalanishga yaroqli holatga keltirish xarajatlari aks ettirildi;
Debet 0100 Kredit 0820
- asosiy vosita boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobga qabul qilindi va foydalanishga topshirildi.
Agar AV foydalanishga topshirilmasa va undan keyinroq foydalansangiz, u holda bunday yozuvni kiritmang va obyektni 0820 schyotida hisobga olishda davom ettiring.
8530 «Tekin olingan mulk» schyoti mulkni tekin olishda zaxira kapitalining shakllangan qismi boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan (21-sonli BHMSning 357-bandi).
Tekin olingan asosiy vositalar korxonaning oʻz kapitalini oshiradi. Ammo ulardan keyinchalik ishlab chiqarishda foydalanish yoki haq evaziga realizatsiya qilishda 8530 schyotidan mablagʻlarni hisobdan chiqarmang. 8530 schyotidagi mablagʻlar faqat korxona tugatilgan hollarda hisobdan chiqarilishi mumkin. Bu holda 8530 schyoti boʻyicha saldo ishtirokchilar oʻrtasida ularning tashkilotning ustav kapitalidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanishi va buxgalteriya hisobida yozuvlar bilan aks ettirilishi kerak.
Debet 8530 Kredit 6610
- korxona tugatilganda taʼsischilar, ishtirokchilarga zaxira kapitali hisobidan dividendlar hisoblandi.
Buxgalteriya hisobida AV qiymatini amortizatsiyani hisoblash yoʻli bilan soʻndiring. Amortizatsiya hisoblashni obyekt foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlang (5-sonli BHMSning 32-33-bandlari).
Debet 2000, 9400 Kredit 0200
- tekinga olingan asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya hisoblandi.
Qoʻshimcha qurilish, qoʻshimcha jihozlash, rekonstruktsiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish bilan bogʻliq xarajatlar kapital qoʻyilmalar sifatida tan olinadi va ular buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarning boshlangʻich qiymatini oʻzgartiradi. Ularni 0800 «Kapital qoʻyilmalar» schyotida aks ettiring.
Agar pudrat usulida taʼmirlashni amalga oshirayotgan boʻlsangiz, u holda taʼmirlash ishlarini bajarayotgan korxona bilan pudrat shartnomasini tuzing.
Debet 2000, 2300, 2500, 9400 Kredit 6010, 6990 — asosiy vositalarni taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlarni hisobdan chiqarishni pudrat tashkilotining bajarilgan ishlar dalolatnomasi, hisobvaraq-fakturasi asosida aks ettiramiz.
Agar taʼmirlash ishlarini xoʻjalik yoʻli bilan amalga oshirsangiz, u holda korxona taʼmirlash ishlarini oʻz kuchi va mablagʻlari bilan amalga oshiradi.
Debet 2000, 2500, 9400 va boshqa. Kredit 1000, 6710, 6500 va boshqa. — taʼmirlash boʻyicha xarajatlarni hisobdan chiqarishni mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlar tannarxi yoki davr xarajatlarida aks ettiramiz.
1-qadam. Jamgʻarilgan eskirish summasini 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» guruhi schyotlari krediti boʻyicha aks ettiramiz.
Amortizatsiyani hisoblashda 0100 «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyoti boʻyicha asosiy vositalarning boshlangʻich tiklanadigan qiymati kamaymaydi.
Amortizatsiyani hisoblash uchun 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» kontraktiv schyotidan foydalaning. Aktiv bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlamasdan kontraktiv schyotga maʼlumotlarni kiritmang.
2-qadam. Asosiy vositadan foydalanish xususiyatiga qarab, u boʻyicha hisoblangan amortizatsiyani yoki ishlab chiqarish xarajatlari yoxud davr xarajatlari yoki kapital qoʻyilmalar tarkibiga kiriting.
Bunda quyidagi yozuvlarni amalga oshiring:
Debet 2010, 2310, 2710, 2510 Kredit 0200
- asosiy, yordamchi ishlab chiqarishda, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va umumishlab chiqarish maqsadlari uchun xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalaniladigan asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya hisoblandi;
Debet 0800 Kredit 0200
- boshqa uzoq muddatli aktivni yaratish, modernizatsiya, rekonstruktsiya qilishda foydalanilgan asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya hisoblandi;
Debet 9410, 9420 Kredit 0200
- maʼmuriy maqsadlar yoki savdo faoliyatida foydalanilgan AV boʻyicha amortizatsiya hisoblandi;
Debet 9430 Kredit 0200
- operativ ijaraga berilgan AV boʻyicha amortizatsiya hisoblandi.
Bunday yozuvlarni har oyda amalga oshiring.
Mulk qiymatiga oʻzgarishlarni buxgalteriya hisobida 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» schyotida aks ettiring.
Agar qayta baholashda mulk qiymati kamaysa, u holda qiymatning kamayishi uning oldingi qiymati oshishi hisobiga toʻldiriladi. Uni 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» schyoti debeti boʻyicha aks ettiring. Ushbu mulkning oldingi qayta baholashlardan oshgan arzonlashish summasi bu xarajat, uni 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettiring.
Qayta baholash natijalarini buxgalteriya hisobida asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar debeti boʻyicha 8510 schyoti krediti bilan bogʻlanishda va 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» guruhi schyotlari kreditida aks ettiring.
Qayta baholashda namunaviy buxgalteriya yozuvlari:
| Debet | Kredit |
|---|---|
| 0100 «Asosiy vositalar»0310 «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar»0700 «Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar»0810 «Tugallanmagan qurilish» (boshlangʻich, tiklanadigan qiymatning qimmatlashish summasi aks ettiriladi) | 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» (schyot boʻyicha jamgʻarilgan eskirishning qimmatlashish summasi aks ettiriladi)8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» (jamgʻarilgan eskirish va boshlangʻich, tiklanadigan qiymatning qimmatlashish summalari oʻrtasidagi farq summasi aks ettiriladi) |
Arzonlashish summasida namunaviy buxgalteriya yozuvlari:
| Debet | Kredit |
|---|---|
| 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi»(jamgʻarilgan eskirishning arzonlashish summasi aks ettiriladi)8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar»(Asosiy vositalar obyektining oldingi qimmatlashishlari summasining oldingi arzonlashishlari summasidan oshgan qismi chegarasida arzonlashish summasi aks ettiriladi)9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» (oldingi arzonlashish summasining oldingi qayta baholashlar summasidan oshgan arzonlashish summasi aks ettiriladi) | 0100 «Asosiy vositalar»0310 «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar»0700 «Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar»0810 «Tugallanmagan qurilish» (boshlangʻich, tiklanadigan qiymatning arzonlashish summasi aks ettiriladi» |
Ijara obyektini hisobga qabul qilishni 0310 «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar» schyotida, qarzdorlikni esa 7910 «Toʻlanadigan moliyaviy ijara» schyoti va 6950 «Uzoq muddatli majburiyatlar – joriy qism» schyotida majburiyat sifatida aks ettiring (21-sonli BHMS 33-kichik bandi)
| Debet | Kredit | |
|---|---|---|
| Lizing obyektining kelib tushishi | 0800 «Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» | 7910 «Toʻlanadigan moliyaviy ijara» |
| Lizing obyektini foydalanishga topshirish | 0310 «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar» | 0800 «Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» |
Amortizatsiya hisoblashni obyekt 0310 schyoti boʻyicha hisobga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlang, amortizatsiya qiymati toʻliq toʻlpngan yoki obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab toʻxtating.
Hisoblangan amortizatsiya summasini 0299 «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi» schyoti krediti boʻyicha tegishli xarajatlar schyotlari bilan bogʻlangan holda aks ettiring (2010, 2310, 9420 va boshqalar).
Qonun hujjatlarida belgilangan tartib va usullarga muvofiq, lizing obyektlarini har yili qayta baholashdan oʻtkazing (6-son BHMS 36-bandi).
| Debet | Kredit | |
|---|---|---|
| Lizing obyektlarining qimmatlashish summasi | 0310 «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar» (boshlangʻich qiymatning qimmatlashish summasi) | 0299 «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi»(jamgʻarilgan eskirishning qimmatlashish summasi) |
| 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» (boshlangʻich, tiklanadigan qiymatning qimmatlashish summasi va jamgʻarilgan eskirish summalari oʻrtasidagi farq summasi) | ||
| Lizing obyektining arzonlashish summasi | 0299 «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi» (jamgʻarilgan eskirishning arzonlashish summasi) | 0310 «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar» (obyektning boshlangʻich (tiklanadigan) qiymatining arzonlashish summasi) |
| 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» (lizing obyektlarining qimmatlashish summasi chegarasida arzonlashish summasi) | ||
| 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» (obyektlarning qimmatlashish summasidan ushbu obyektlarning arzonlashish summasining oshgan summasi) |
Buxgalteriya hisobida lizing obyektining lizing oluvchining mulkiga oʻtishini 11.05.2009 yildagi «Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomning 26-bandiga muvofiq aks ettiring.
| Debet | Kredit | |
|---|---|---|
| Lizing obyektlarini kirim qilish | 0100 «Asosiy vositalar» | 0310 «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar» |
| Lizingning amortizatsiya davri uchun hisoblangan summani oʻtkazish | 0299 «Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi» | 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» |
Lizing beruvchi buxgalteriya hisobida lizing obyektlarini sotib olishni «Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomning 4-bandiga muvofiq aks ettiradi.
| Debet | Kredit | |
|---|---|---|
| Sotib olish paytida toʻlangan qaytarilmaydigan soliq va yigʻimlarni hisobga olgan holda, lizing obyektini sotib olish | 0800 «Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» | 6010 «Yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar» |
| 6410 «Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)» | ||
| 6990 «Boshqa majburiyatlar» | ||
| Sotib olingan lizing obyekti boʻyicha QQSni hisobga olish (soliq toʻlovchilarda) | 4410 «Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)» | 6010 «Yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar» |
| 6410 «Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)» | 4410 «Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)» | |
| Lizing obyektini sotib olish xarajatlari | 0800 «Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» | 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» |
| 6900 «Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar» | ||
| Lizing beruvchining lizing oluvchi tomonidan lizing obyektini foydalanishga yaroqli holga ketirish va yetkazib berish boʻyicha qoplanadigan xarajatlari | 0800 «Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» | 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» |
| 6700 «Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar» | ||
| 6520 «Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar» | ||
| Lizing beruvchining lizing oluvchi tomonidan lizing obyektini foydalanishga yaroqli holga ketirish va yetkazib berish boʻyicha qoplanmaydigan xarajatlari | 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» | 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» |
| 6700 «Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar» | ||
| 6520 «Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar. | ||
| Sotib olingan lizing obyekti boʻyicha yetkazib beruvchilar, pudratchilar tomonidan toʻlovlar | 6010 «Yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar» | 5110 «Hisob-kitob schyoti» |
| 6990 «Boshqa majburiyatlar va boshq.» |
Agar moliyaviy ijaraga topshirish paytida obyekt foydalanishga topshirilmagan boʻlsa, u holda tan olingan aktivning qiymati – debitor qarzdorligi va obyektning boshlangʻich qiymati oʻrtasida farq yuzaga keladi:
| Debet | Kredit | |
|---|---|---|
| AV lizingga topshirish | 4810 «Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar – joriy qism» | 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» |
| 0920 «Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar» | ||
| Topshirilgan obyektning balans qiymatini hisobdan chiqarish | 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» | 0800 «Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» |
| Qayta baholash saldosini hisobdan chiqarish(saldo mavjud boʻlganda) | 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» | 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» |
| Kechiktirilgan daromad | 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» | 7230 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» |
| Kechiktirilgan xarajat | 0990 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» | 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» |
Bordi-yu, moliyaviy ijaraga topshirish paytida obyekt foydalanilgan boʻlsa, u holda tan olingan aktiv qiymati – debitorlik qarzi va obyektning qoldiq qiymati oʻrtasida farq yuzaga keladi:
| Debet | Kredit | |
|---|---|---|
| AV lizingga topshirish | 0920 «Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar» | 9210 «Boshqa asosiy vositalarning chiqib ketishi» |
| 4810 «Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar – joriy qism» | ||
| Topshirilgan obyektning boshlangʻich (tiklanadigan) qiymatini hisobdan chiqarish | 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» | 0100 «Asosiy vositalar» |
| Jamgʻarilgan eskirishni hisobdan chiqarish | 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» | 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» |
| Lizing beruvchining obyektni foydalanishga yaroqli holga keltirish xarajatlari | 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» | 1000 «Materiallar» |
| Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar | ||
| Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar | ||
| Lizing obyektining qayta baholash saldosi | 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar» | 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» |
| Kechiktirilgan daromad | 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» | 7230 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» |
| Kechiktirilgan xarajat | 0990 «Boshqa uoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» | 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» |
Kechiktirilgan xarajatlar va daromadlarni lizing toʻlovi hisoblanishiga qarab oyma-oy asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlarga hisobdan chiqaring (11.05.2009 yildagi, 54-sonli «Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomning 9-bandi).
| Debet | Kredit | |
|---|---|---|
| Lizing toʻlovlari jadvali boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismiga oʻtkazish | 7230 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» | 6230 «Boshqa kechiktirilgan daromadlar» |
| Kechiktirilgan daromadning joriy qismi summasini hisobdan chiqarish | 6230 «Boshqa kechiktirilgan daromadlar» | 9390 «Boshqa operatsion xarajatlar» |
| Lizing toʻlovlari jadvali boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismiga oʻtkazish | 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» | 0990 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» |
| Kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi summasini hisobdan chiqarish | 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» | 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» |
Lizing toʻlovini ikki qismga boʻling.
1.Qarzning asosiy summasi, yaʼni lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash debitorlik qarzi miqdorini kamaytiradi. Lizing boʻyicha debitorlik qarzi 12 oy ichida qaytariladigan joriy qism va uzoq muddatli qismlardan iborat.
Joriy qismni 4810 «Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar– joriy qism» schyoti, uzoq muddatlisini – 0920 «Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar» schyotida hisobga oling.
2.Moliyaviy ijara boʻyicha foizlar yoki lizing stavkasi – bu lizing beruvchining daromadi boʻlib, uning foydasini oshiradi. Foizlarni lizing toʻlovlari jadvaliga muvofiq hisoblang.
Agar bu lizing beruvchi uchun asosiy faoliyat boʻlsa, u holda daromad 9030 «Ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar» schyotida, agar asosiy faoliyat boʻlmasa – 9550 «Moliyaviy ijaradan daromadlar» schyotida aks ettiriladi.
Lizingga olingan obyekt qaytarilishini lizing beruvchida qanday hisobga olish kerak
Ijara muddati tugaganidan soʻng yoki lizing shartnomasida koʻrsatilgan fors-major holatlarda muddatidan oldin qaytarilganda, lizing oluvchi ijara obyektini qaytarishi mumkin yoki kerak boʻlgan hollarda buxgalteriya yozuvlari quyidagicha boʻladi:
| Debet | Kredit | |
|---|---|---|
| Lizing obyektining qoplanmagan qiymati (shartnoma boʻyicha) | 4810 «Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar» | |
| Ijara muddati tugaganida | 0800 «Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» | 4810 «Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar» |
| Muddatidan oldin qaytarilganda | 0800 «Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» | 0920 «Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar» |
| Kechiktirilgan daromad qoldigʻining moliyaviy ijaraga hisobdan chiqarilishi | 6230 «Boshqa kechiktirilgan daromadlar» | 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» |
| Ijara muddati tugaganidaMuddatidan oldin qaytarilganda | 7230 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» | |
| Kechiktirilgan xarajat qoldigʻining moliyaviy ijaraga hisobdan chiqarilishi | 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» | 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» |
| Ijara muddati tugagandaMuddatidan oldin qaytarilganda | 0990 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» |
Asosiy vositalarni operativ ijaraga berish asosiy faoliyat turi boʻlmagan ijaraga beruvchi ularni boshqa operatsion faoliyatdan daromad sifatida tan oladi va 9350 «Operativ ijaradan daromadlar» schyotida aks ettiradi, ijaraga berilgan AV boʻyicha hisoblangan eskirishni esa davr xarajatlariga kiritadi va 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettiradi.
Ushbu holatda ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar aks ettiriladi:
| Xoʻjalik operatsiyasi | Debet | Kredit |
|---|---|---|
| AV obyektlarini operativ ijaraga berish | 0191 «Operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar» | 0100 «Asosiy vositalar» |
| Operativ ijaraga berilgan AV boʻyicha eskirishni hisoblash | 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» | 0200 «Hisoblangan eskirish» |
| Mulkni ijaraga berishdan boʻnak olish | 5110 «Hisob-kitob schyoti» | 6390 «Boqsha olingan boʻnaklar» |
| Mulkni operativ ijaraga berish boshqa daromad boʻlgan korxonalar uchun ijara toʻlovlarini hisoblash | 4820 «Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar» | 9350 «Operativ ijaradan daromadlar» |
| Boʻnakni hisobga olish | 6390 «Boshqa olingan boʻnaklar» | 4820 «Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar» |
Agar mulkni operativ ijaraga berish korxonaning asosiy faoliyati boʻlsa, u holda ushbu mulkning eskirishi boʻyicha xarajatlar xizmatlar tannarxiga kiritiladi, daromadlar esa 9030 «Ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar» schyotida aks ettiriladi.
Ushbu holatda ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar aks ettiriladi:
| Xoʻjalik operatsiyasi | Debet | Kredit |
|---|---|---|
| AV obyektlarini operativ ijaraga berish | 0191 «Operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar» | 0100 «Asosiy vositalar» |
| Operativ ijaraga berilgan AV boʻyicha eskirishni hisoblash | 2000 «Asosiy ishlab chiqarish» | 0200 «Hisoblangan eskirish» |
| Mulkni ijaraga berishdan boʻnak olish | 5110 «Hisob-kitob schyoti» | 6390 «Boshqa olingan boʻnaklar» |
| Mulkni operativ ijaraga berish boshqa daromad boʻlgan korxonalar uchun ijara toʻlovlarini hisoblash | 4000 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» | 9030 «Ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar» |
| Boʻnakni hisobga olish | 6390 «Boshqa olingan boʻnaklar» | 4000 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» |
| QQS hisoblash | 4000 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» | 6400 «Byudjetga toʻlovlar boʻyicha majburiyat – QQS» |
| Realizatsiya qilingan xizmatlar tannarxini aks ettirish | 9130 «Realizatsiya qilingan xizmatlar va bajarilgan ishlar tannarxi» | 2000 «Asosiy ishlab chiqarish» |
Ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida qoplanadigan kommunal xizmatlar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
| Xoʻjalik operatsiyasi | Debet | Kredit |
|---|---|---|
| QQSni hisobga olgan holda, qoplanadigan xarajatlar uchun kommunal xizmatlar tashkilotlarining hisobvaraq-fakturalari boʻyicha summalar | 4890 «Boshqa debitorlar qarzlari» | 6990 «Boshqa majburiyatlar»6010 «Yetkazib beruvchilar va pudratchidarga toʻlanadigan schyotlar» |
| QQSni hisobga olgan holda, ijaraga beruvchidan qoplanadigan summa | 5110 «Hisob-kitob schyoti» | 4890 «Boshqa debitorlar qarzlari» |
090 «Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar» satri boʻyicha asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan daromadlar, undirilgan jarimalar va penyalar, oʻtgan yillar daromadlari, operativ ijaradan daromadlar, kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan daromadlar, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning daromadlari, tekin moliyaviy yordam va 9300 asosiy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobi yuritiladigan boshqa operatsion daromadlar aks ettiriladi.
Operativ ijaradan daromadlar buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
| Xoʻjalik operatsiyasi tavsifi | Debet | Kredit |
|---|---|---|
| Mulkni ijaraga berishdan daromadlarni aks ettirish | 4820 «Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar» | 9350 «Operativ ijaradan daromadlar» |
| QQS hisoblash | 4820 «Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar» | 6410 «Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha) |
Keltirilgan buxgalteriya yozuvlaridan koʻrinadiki, ijara haqi summasi 9350 schyotiga QQSni hisobga olmagan holda kiritiladi. Oʻz navbatida, moliyaviy hisobotda 090 satri boʻyicha ham QQSsiz daromad summasini koʻrsatish kerak.
Operativ ijarada ijaraga olingan asosiy vositalarga egalik huquqi ijaraga oluvchiga oʻtmaydi. Shuning uchun ijaraga oluvchi uni 001 «Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar» balansdan tashqari schyotida ijara shartnomasida koʻrsatilgan qiymati boʻyicha hisobga oladi.
Operativ ijara boʻyicha operatsiyalarni hisobga olish uchun 6910 «Toʻlanadigan operativ ijara» va 3110 «Oldindan toʻlangan operativ ijara», 4330 «Boshqa berilgan boʻnaklar» schyotlaridan foydalaning (21-son BHMSning 298-bandi) («Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomning 31-bandi 11.05.2009 da 54-son bilan roʻyxatga olingan).
Ijaraga oluvchining buxgalteriya hisobidagi yozuvlar:
| Xoʻjalik operatsiyasi | Debet | Kredit |
|---|---|---|
| AV oyektlari operativ ijaraga olindi | 001 «Operativ ijara boʻyicha olingan asosiy vositalar» | |
| Operativ ijara xizmatlari uchun oldindan toʻlov | 4330 «Boshqa berilgan boʻnaklar» | 5110 «Hisob-kitob schyoti» |
| 3110 «Oldindan toʻlangan operativ ijara» | ||
| Operativ ijara boʻyicha xarajatni hisobdan chiqarish: | 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» | 6910 «Toʻlanadigan operativ ijara» |
| agar xarajatlar ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, ishlar, xizmatlar tannarxiga hisobdan chiqarilishi kerak boʻlsa; | 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» | |
| agar xarajatlar davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi kerak boʻlsa | 9400 «Davr xarajatlari» | |
| QQSni hisobga olish | 4410 «Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari» | 6910 «Toʻlanadigan operativ ijara» |
| Koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisobvaraq-fakturalarni taqdim etishda boʻnaklarni hisobga olish | 6910 «Toʻlanadigan operativ ijara» | 4330 «Boshqa berilgan boʻnaklar» |
| 3110 «Oldindan toʻlangan operativ ijara» | ||
| Operativ ijara boʻyicha qarzni toʻlash | 6910 «Toʻlanadigan operativ ijara» | 5110 «Hisob-kitob schyoti» |
Ijaraga berilgan mulk qaytarilganda, quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiring:
| Debet | Kredit | |
|---|---|---|
| Mulkni qaytarish | 001 «Operativ ijara boʻyicha olingan asosiy vositalar» |
Taʼsischi tashkilot 0600 «Uzoq muddatli investitsiyalar» guruhi schyotlarida boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga hissalarni hisobga oladi. AV chiqib ketganda, uning boshlangʻich, tiklanadigan qiymatini korxona balansidan hisobdan chiqaring.
Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiring:
Debet 9210 Kredit 0100 — boshqa korxonaning ustav kapitaliga oʻtkazilgan AV boshlangʻich, tiklanadigan qiymatining hisobdan chiqarilishi aks ettirildi;
Debet 0200 Kredit 9210 — boshqa korxonaning ustav kapitaliga oʻtkazilgan AV boʻyicha hisoblangan eskirishening hisobdan chiqarilishi aks ettirildi;
Debet 9210 Kredit 6410 — boshqa korxonaning ustav kapitaliga oʻtkazilgan AV boʻyicha soliq toʻlovchilarda QQS hisoblanishi aks ettirildi;
Debet 0600 Kredit 9210 — boshqa korxonaning ustav kapitaliga hissa aks ettirildi;
Debet 8510 Kredit 9210 — boshqa korxonaning ustav kapitaliga oʻtkazilgan AV boʻyicha qayta baholash saldosining hisobdan chiqarilishi aks ettirildi;
Debet 0200 Kredit 9210 — boshqa korxonaning ustav kapitaliga oʻtkazilgan AV boʻyicha hisoblan eskrishning hisobdan chiqarilishi aks ettirildi.
Agar 9210 schyoti boʻyicha saldo debetli boʻlsa, bu AV oʻtkazishdan zarar boʻlib, uni joriy hisobot davrida 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga hisobdan chiqaring:
Debet 9430 Kredit 9210 — AV oʻtkazishdan zarar aks ettirildi.
Agar 9210 schyoti boʻyicha saldo kreditli boʻlsa, bu AV oʻtkazishdan foyda boʻlib, uni joriy hisobot davrida 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotiga hisobdan chiqaring:
Debet 9210 Kredit 9310 — AV oʻtkazishdan foyda aks ettirildi.
Realizatsiya paytida AV qiymatini hisobdan chiqarishni buxgalteriya hisobida 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyotida aks ettiring. 9210 schyoti boʻyicha qaydlarni ochib yozing.
— debet boʻyicha aks ettiring:
0100 asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar schyotida hisobga olinadigan AV boshlangʻich, tiklanadigan qiymati;
AV chiqib ketishi bilan bogʻliq xarajatlar. Misol uchun, ularni sotishda toʻlanadigan soliqlar va yigʻimlar, hisoblangan ish haqi, AV sotish bilan bogʻliq xodimlarning ish haqidan ijtimoiy soliq va boshqalar.
— kredit boʻyicha aks ettiring:
Hisoblangan amortizatsiya summasi;
AV sotishdan tushim;
realizatsiya qilingan AV qayta baholash saldosi.
Agar 9210 schyoti boʻyicha saldo debetli boʻlsa, bu AV realizatsiya qilishdan zarardir, uni joriy hisobot davrida 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga hisobdan chiqaring:
Debet 9430 Kredit 9210
- AV realizatsiya qilishdan zarar aks ettirildi.
Agar 9210 schyoti boʻlsa saldo kreditli boʻlsa, bu AV realizatsiya qilishdan foydadir, uni joriy hisobot davrida 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotiga kiriting:
Debet 9210 Kredit 9310
- AV realizatsiya qilishdan foyda aks ettirildi.
Sotilgan AV boʻyicha amortizatsiya hisoblashni u balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan toʻxtating (5-sonli BHMS 34-bandi).
Asosiy vositalarning realizatsiya qilingandan keyin hisobdan chiqarilishini buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiring:
Debet 9210 Kredit 0100
- sotilgan AV boshlangʻich, tiklanadigan qiymati hisobdan chiqarildi;
Debet 0200 Kredit 9210
- realizatsiya qilingan AV boʻyicha hisoblangan eskirish hisobdan chiqarildi;
Debet 4010 Kredit 9210
- AV realizatsiyasidan tushim aks ettirildi;
Debet 8510 Kredit 9210
- realizatsiya qilingan AV qayta baholashdan saldo hisobdan chiqarildi;
Debet 9210 Kredit 6010,6900,6710,6500
- AV realizatsiya boʻyicha xarajatlar aks ettirildi;
Debet 9210 Kredit 6410
- toʻlovchilarda QQS hisoblandi;
Debet 9430 Kredit 9210
- AV realizatsiyasidan zarar aks ettirildi;
Debet 9210 Kredit 9310
- AV realizatsiyasidan foyda aks ettirildi.
Tekin oʻtkazishni buxgalteriya hisobida yozuvlar bilan aks ettiring:
Debet 9210Kredit 0100
- chiqib ketayotgan asosiy vositaning boshlangʻich, tiklanadigan qiymatining hisobdan chiqarilishi aks ettirildi;
Debet0200 Kredit 9210
- obyektdan foydalanish davrida hisoblangan amortizatsiyani hisobdan chiqarish aks ettirildi;
Debet8510 Kredit 9210
- chiqib ketayotgan AV qayta baholash saldosining hisobdan chiqarilishi aks ettirildi.
Agar 9210 schyoti boʻyicha saldo debetli boʻlsa, bu AV oʻtkazishdan zarar boʻlib, uni joriy hisobot davrida 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga hisobdan chiqaring:
Debet 9430 Kredit 9210
- AV chiqib ketishidan zarar aks ettirildi.
Agar 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti boʻyicha saldo kreditli boʻlsa, bu AV oʻtkazishdan foyda boʻlib, uni joriy hisobot davrida 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotiga kiriting:
Debet 9210 Kredit 9310
- AV chiqib ketishidan foyda aks ettirildi.
Bunda qaydlarni ochib yozing:
9210 Debetu boʻyicha aks ettiring:
AV boshlangʻich tiklanadigan qiymatini hisobdan chiqarish;
ularning chiqib ketishi bilan bogʻliq xarajatlar summasi;
soliq toʻlovchilarga hisoblangan QQS summasi.
9210Krediti boʻyicha aks ettiring:
hisoblangan amortizatsiya summasini hisobdan chiqarish;
AV sotishdan tushim summasi;
chiqib ketayotgan AV qayta baholash saldosi.
Dividenlar sifatida toʻlanganda asosiy vositalarning chiqib ketishini buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiring:
Debet 8710 Kredit 6610 — taʼsischilarga dividendlar hisoblandi; Debet 6610 Kredit 6400 — dividendlarga soliq hisoblandi; Debet 6400 Kredit 5110 — dividend soligʻi toʻlandi; Debet 6610 Kredit 9210 — AV dividenlar hisobiga oʻtkazildi;
Debet 9210 Kredit 0100
- chiqib ketayotgan AV boshlangʻich (tiklanadigan) qiymati hisobdan chiqarildi;
Debet 0200 Kredit 9210— chiqib ketayotgan AV boʻyicha hisoblangan eskirish hisobdan chiqarildi;
Debet 8510 Kredit 9210— chiqib ketayotgan AV qayta baholash saldosi hisobdan chiqarildi;
Debet 9210 Kredit 6410— toʻlovchilarda QQS hisoblandi.
Agar 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti boʻyicha saldo debetli boʻlsa, bu AV oʻtkazishdan zarardir, uni joriy hisobot davrida 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga hisobdan chiqaring:
Debet 9430 Kredit 9210
- AV chiqib ketishidan zarar aks ettirildi.
Agar 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti boʻyicha saldo kreditli boʻlsa, bu AV oʻtkazishdan foydadir, uni joriy hisobot davrida 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotiga kiriting:
Debet 9210 Kredit 9310
- AV chiqib ketishidan foyda aks ettirildi.
Asosiy vositalar tugatilishini nafaqat toʻgʻri hujjatlashtirish, balki buxgalteriya hisobida toʻgʻri aks ettirish ham muhim. Obyektni 0100 «Asosiy vositalar» buxgalteriya hisobi schyotidan hisobdan chiqaring. Bundan tashqari, mulkning tugatilishi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni ham aks ettiring.
Tugatilgandan keyingi oydan boshlab amortizatsiya hisoblashni toʻxtating. Bu 5-son BHMSning 34-bandidan kelib chiqadi.
Tugatilish paytida AV hisobdan chiqarilishini buxgalteriya hisobida yozuvlar bilan aks ettiring:
Debet 9210 Kredit 0100
- tugatilgan AV boshlangʻich (tiklanadigan) qiymati hisobdan chiqarildi;
Debet 0200 Kredit 9210
- tugatilgan AV boʻyicha hisoblangan eskirish hisobdan chiqarildi;
Debet 8510 Kredit 9210
- tugatilgan AV qayta baholash saldosi hisobdan chiqarildi
AV tugatishda obyektni demontaj qilish va qismlarga ajratish xarajatlari yuzaga kelishi mumkin. Koʻrsatilgan xarajatlarni ular tegishli boʻlgan davr uchun xarajatlar tarkibida aks ettiring.
Ushbu ish uchun xarajatlarni buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtirish AV kim tugatayotganiga bogʻliq. Uchta variant mavjud, masalan:
1-variant. Tugatish tashkilotning maxsus boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Masalan, taʼmirlash xizmati. Bu holatda quyidagi yozuvlarni amalga oshiring:
Debet 2310 Kredit 6710, 6500, 1000
- yordamchi ishlab chiqarishning asosiy vositalarni tugatishga xarajatlari aks ettirildi;
Debet 9210 Kredit 2310
- yordamchi ishlab chiqarishning asosiy vositalarni tugatish bilan bogʻliq xarajatlari hisobdan chiqarildi;
2-variant. Tashkilotda maxsus boʻlinma mavjud emas, tugatish uchinchi tomon pudratchilari ishtirokisiz oʻtkaziladi.
Shuning uchun AV tugatishga xarajatlarni hisobdan chiqarishda buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiring:
Debet 9210 Kredit 6710, 6500, 1000
- asosiy vositani tugatishga xarajatlar hisobga olindi.
3-variant. Asosiy vosita jalb qilingan pudratchi tomonidan tugatiladi.
Uning xizmatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni yozuvlar bilan aks ettiring:
Debet 9210 Kredit 6990
- pudrat usulida bajarilgan asosiy vositalarni tugatish xarajatlari hisobga olindi.
AV tugatishda materiallarning kelib tushishini yozuvlar bilan aks ettiring:
Debet 1010-1090 Kredit 9210
- AV tugatishda materiallar, ehtiyot qismlar va boshqa aktivlarning kelib tushishish aks ettirildi.
Agar 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti boʻyicha saldo debetli boʻlsa, bu AV tugatishdan zarardir, uni joriy hisobot davrida 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga hisobdan chiqaring:
Debet 9430 Kredit 9210
- AV tugatishdan zarar aks ettirildi.
Agar 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti boʻyicha saldo kreditli boʻlsa, bu AV tugatishdan foydadir, uni joriy hisobot davrida 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotiga kiriting:
Debet 9210 Kredit 9310
- AV tugatilishidan foyda aks ettirildi.
Avtomobil egasining javobgarligini majburiy sugʻurta qilish va davlat raqamini berish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlash – bu avtotransport vositasini sotib olish bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlardir. Oʻz navbatida, uning boshlangʻich tannarxiga kiritilmaydi. Ushbu xarajatni hisob siyosatiga muvofiq aks ettiring:
yoki butun summani darhol 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga hisobdan chiqaring;
yoxud butun summani 3190 «Boshqa kelgusi davr xarajatlari» schyotiga olib boring va sugʻurta polisining amal qilish muddati davomida teng ravishda xarajatlarga hisobdan chiqaring.
Buxgalteriya yozuvlari:
Debet 0820 Kredit 6010
- avtomobil sotib olishini aks ettirildi;
Debet 6520 Kredit 5110
- Yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim toʻlanganligi aks ettirildi;
Debet 0820 Kredit 6520
- yigʻim summasi avtomobilning boshlangʻich qiymatiga kiritildi;
Debet 6990 Kredit 5110
- avtomobilni roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov aks ettirildi;
Debet 0820 Kredit 6990
- roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov summasi avtomobilning boshlangʻich qiymatiga kiritildi;
Debet 6990 Kredit 5110
- avtomobil egasining javobgarligini majburiy sugʻurta qilish uchun toʻlov aks ettirildi;
Debet 9430 Kredit 6990
- sugʻurta polisi olinganidan keyin avtomobil egasining javobgarligini majburiy sugʻurta qilish uchun toʻlov summasi xarajatlarga hisobdan chiqarildi;
Debet 6990 Kredit 5110
- davlat raqamini berganlik va roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlanganligi aks ettirildi;
Debet 9430 Kredit 6990
- davlat raqamini berganlik va roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim summasi YHXBB dan tasdiqlovchi hujjatlar olgandan keyin xarajatlarga hisobdan chiqarildi.
Tashkilot lizingga avtomashina sotib oldi. Lizing tashkiloti QQS bilan birga mashinaning butun Qiymatiga Hisobvaraq-faktura chiqardi. Tashkilot QQSni hisobga qabul qildi. Lizingni qoplashda toʻlov QQSni hisobga olgan holda asosiy qarz va foizlarga boʻlindi. QQS toʻlovining bir qismini qaysi hisobvaraqga kiritish kerak.
Lizingni toʻlashda tashkilot QQSni hisobga olgan holda asosiy qarz summasi va lizing boʻyicha foizlarni toʻlaydi. Lizing uzoq muddatli qarz boʻlgani sababli buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlarni amalga oshirish kerak boʻladi:
| Xoʻjalik operatsiyasi | Schyotlar bogʻlanishi | |
|---|---|---|
| Debet | Kredit | |
| Lizing obyekti, avtotransport vositasining kelib tushishi | 0860 | 7910 |
| Sotib olingan AV boʻyicha QQSni aks ettirish | 4410 | |
| Avtotransport vositasini foydalanishga topshirish | 0310. | 0860. |
| QQSni hisobga olish aks ettirildi | 6410 | 4410 |
| Lizingning butun muddati davomida: | ||
| Lizing boʻyicha majburiyatlarning joriy qismini ajratish (jadval boʻyicha lizing qarzining asosiy summasini uzoq muddatli qismdan joriy qismga yillik oʻtkazish) | 7910 | 6590 |
| Lizing boʻyicha asosiyni qarzni toʻlash (jadvalga muvofiq) | 6590 | 5110 |
| Hisoblangan foizlar (jadvalga muvofiq har oyda) | 9610 | 6920 |
| Lizing boʻyicha foizlarni toʻlash (jadvalga muvofiq) | 6920 | 5110 |
| AV boʻyicha amortizatsiya hisoblandi (lizingga olingan avtotransport vositasi boʻyicha har oyda) | 9420 2010 2310 2510 | 0299. |
| Lizing obyektini har yili qayta baholash, agar korxonaning hisob siyosatida buxgalteriya maqsadlari uchun boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa | 0310. | 8510 |
| Lizing qarzini toʻlashda avtotransport vositasini oʻz AV hisobga oluvchi schyotlarga oʻtkazish | 0160. | 0310. |
| Lizing obyekti boʻyicha jamgʻarilgan eskirishni oʻtkazish | 0260. | 0299. |
Asosiy vositalar boʻyicha hisob murakkab emas — u faqat izchillikni talab qiladi: har bir hodisa uchun toʻgʻri schyot, toʻgʻri sana va toʻgʻri meʼyoriy asos. Yuqoridagi yozuvlar 5-son va 21-son BHMS hamda ijara operatsiyalari boʻyicha Nizom talablariga tayanadi.
Amalda esa eng koʻp vaqt yozuvni tanlashga emas, uni qoʻlda kiritish va hisobotlarga bogʻlashga ketadi. Keeping onlayn buxgalteriya platformasida asosiy vositalar boʻyicha operatsiyalar, amortizatsiya va hisobotlar avtomatik shakllantiriladi, kalendar esa hisobot muddatlarini eslatib turadi.
Keeping platformasini 1 oy bepul sinab koʻring va asosiy vositalar hisobini avtomatlashtiring.
Boshqa bloglar

2026-yilda kim QQS to'laydi va 6% stavkaga qanday o'tish mumkin
2026-yil 1-iyundan QQS qoidalari o'zgardi: yangi 12 000 BHM chegarasi va soddalashtirilgan 6% stavka. Kim to'laydi va qanday o'tishni bilib oling.

Keeping PR

Nomoddiy aktivlar boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlari
Nomoddiy aktivlarni sotib olish, yaratish, amortizatsiya qilish va hisobdan chiqarish boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlarini bilib oling.
2026-08-05

KeepingPR

Tovar-moddiy qimmatliklar boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlari
Tara, materiallar, yoqilgʻi va inventar boʻyicha barcha buxgalteriya yozuvlari, schyotlar korrespondensiyasi va meʼyoriy asoslarni bilib oling.
2026-08-05

KeepingPR
Buxgalteriyani yangicha yuritishga tayyormisiz?
U holda hoziroq ro'yxatdan o'tib, 1 oy bepul sinab ko'ring va barcha imkoniyatlarni o'zingiz baholang!
Biz bilan bog'lanish uchun formani to'ldiring
Mutaxassislarimiz siz bilan tez orada bog'lanadi va barcha savollaringizga javob beradi.
Telefon
+998 88 301 84 84
Elektron pochta
info@keeping.uz
Telegram
@keepinguzManzil
Toshkent sh, Yunusobod tumani, Kichik halqa yo'li 38/1