Keeping — «Kelajak Buxgalteri 2026» konferensiyasining rasmiy hamkori
Keeping platformasi 25 iyun 2026 yilda Toshkentda bo'lib o'tgan «Kelajak Buxgalteri 2026» V Amaliy Buxgalteriya Konferensiyasining rasmiy hamkori sifatida ishtirok etdi. Tadbirda 180 dan ortiq mutaxassis qatnashib, RealSoft jamoasi raqamli transformatsiya va platformaning imkoniyatlari bo'yicha taqdimot o'tkazdi.
51 marta o'qildi

25 iyun 2026 yil, Toshkent — Keeping platformasi «Kelajak Buxgalteri 2026» — V Amaliy Buxgalteriya Konferensiyasida rasmiy hamkor sifatida ishtirok etdi. Ushbu konferensiya O'zbekistonning yetakchi buxgalterlari va moliya mutaxassislarini bir maydonga to'plagan yillik muhim tadbirlardan biriga aylangan.
Konferensiya haqida
«Kelajak Buxgalteri 2026» — O'zbekistondagi eng yirik amaliy buxgalterlik konferensiyalaridan biri bo'lib, bu yil beshinchi marta o'tkazildi. 2026 yilgi asosiy mavzu «Yillik buxgalteriya hisobotlari va 2026 yilning barcha talablari» deb belgilandi.
Tadbirda 180 dan ortiq ishtirokchi va 6 dan ortiq spiker qatnashdi. Muhokama etilgan asosiy yo'nalishlar:
— 2026 yil soliq o'zgarishlari va yillik buxgalteriya hisobotlari
— Buxgalteriyani raqamlashtirish bo'yicha eng so'nggi zamonaviy yechimlar
— 2026 yildan kuchga kirgan nafaqa to'lovlaridagi yangi qoidalar
— Buxgalteriya platformalarining yangi imkoniyatlari
— Boshqaruv hisobi va ichki nazorat
Keeping jamoasi sahnada

RealSoft jamoasidan uch nafar mutaxassis spiker sifatida ishtirok etdi.
Faxriddin Davlatbayevich, RealSoft bosh buxgalteri va 14 yillik tajribaga ega professional buxgalter, hamda Keeping loyihasining marketing menejeri Abdullayeva Malika «O'zbekistonda buxgalterlikning raqamli transformatsiyasi: yangi imkoniyatlar va buxgalter ishini soddalashtiradigan vositalar» mavzusida nutq so'zlashdi. Ma'ruzada Keeping platformasining ish jarayonlarini avtomatlashtirishdagi roli va amaliy afzalliklari batafsil yoritildi. Platforma tadbir ishtirokchilariga demonstratsiya shaklida ham ko'rsatib berildi.
Bundan tashqari, loyiha menejeri Jamshid Abdusamadovich ham tadbirda faol ishtirok etib, ishtirokchilar bilan platformaning imkoniyatlari va rivojlanish yo'nalishlari bo'yicha samarali muloqot olib bordi.
Keeping haqida
Keeping — RealSoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi avlod onlayn buxgalteriya platformasi. Platforma elektron hisob-fakturalardan tortib soliq hisobotiga qadar barcha jarayonlarni yagona muhitda birlashtiradi, to'g'ridan-to'g'ri brauzerda ishlaydi va istalgan qurilmadan foydalanish mumkin.
Bugungi kunda 20 000 dan ortiq buxgalter va tadbirkor Keeping platformasidan foydalanmoqda.
Keeping bilan buxgalteriya hisobotlari yanada oson va tezroq amalga oshadi. Platformani bir oy davomida mutlaqo bepul sinab ko'rish mumkin.
Boshqa yangiliklar

Keeping platformasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida taqdim etildi
Keeping platformasi O'zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligida taqdim etildi — buxgalteriyani raqamlashtirish va xalqaro standartlarga o'tish muhokama qilindi.
2026-08-04

Keeping'da cheksiz elektron hujjat almashinuvi endi mutlaqo bepul
Keeping'ning barcha tarif rejalarida Hujjat.uz orqali elektron hujjatlar almashinuvi endi cheksiz — avvalgi oyiga 30 ta hujjat limiti bekor qilindi.
2026-07-29

Soliq qarzi endi debitordan ham undirilishi mumkin: 121¹-modda amaliyotda qanday ishlamoqda
2026-yildan soliq organlari korxona qarzini uning debitoridan undirishi mumkin. Bank hisobingizdan pul yechib olinmasligi uchun nima qilish kerakligini bilib oling.
2026-07-24

Keeping onlayn buxgalteriya platformasi va ABCO Akademiyasi hamkorlikni yo'lga qo'ydi!
Keeping onlayn buxgalteriya platformasi va ABCO Academy of Finance hamkorlik shartnomasini imzoladi. Talabalar buxgalteriyani real platformada amaliy o'rganadi.
2026-07-08
Buxgalteriyani yangicha yuritishga tayyormisiz?
U holda hoziroq ro'yxatdan o'tib, 1 oy bepul sinab ko'ring va barcha imkoniyatlarni o'zingiz baholang!
Biz bilan bog'lanish uchun formani to'ldiring
Mutaxassislarimiz siz bilan tez orada bog'lanadi va barcha savollaringizga javob beradi.
Telefon
+998 88 301 84 84
Elektron pochta
info@keeping.uz
Telegram
@keepinguzManzil
Toshkent sh, Yunusobod tumani, Kichik halqa yo'li 38/1