Birinchi oy bepul! Hoziroq ishni boshlash.
Keeping logo Keeping
Yangiliklarga qaytish
Hamkorlik

Keeping platformasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida taqdim etildi

Keeping platformasi O'zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligida taqdim etildi — buxgalteriyani raqamlashtirish va xalqaro standartlarga o'tish muhokama qilindi.

2026-08-04

33 marta o'qildi

Keeping platformasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida taqdim etildi

Keeping platformasining vakillari O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida platforma taqdimotini o'tkazib, uning funksional imkoniyatlari hamda buxgalteriya hisobini raqamlashtirish bo'yicha takliflarini taqdim etdi.

Uchrashuv davomida vazirlik mutasaddilari buxgalteriya platformalari bo'yicha mazkur tashabbus bilan birinchilardan bo'lib murojaat qilinganini alohida ta'kidlab, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va buxgalteriya sohasidagi o'zgarishlar hamda yangiliklar bo'yicha o'z tavsiyalarini doimiy ravishda berib borishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Taqdimot jarayonida vazirlik mutasaddilari Keeping platformasining imkoniyatlarini ijobiy baholab, tizimni turli toifadagi biznes subyektlari ehtiyojlaridan kelib chiqib rivojlantirish bo'yicha o'z tavsiyalarini bildirdilar. Xususan, kichik biznes subyektlari platformaning barcha funksional imkoniyatlaridan foydalanishga ehtiyoj sezmasligini inobatga olib, ular uchun soddalashtirilgan va moslashtirilgan funksional yechimlarni joriy etish maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi. Shu bilan birga, o'rta va yirik biznes vakillari uchun kengaytirilgan funksional imkoniyatlarni saqlab qolish zarurligi qayd etildi.

Taqdimot davomida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish, elektron hujjatlar aylanishini tashkil etish, bank tizimlari bilan integratsiya qilish, ish haqini hisoblash jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, sun'iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida buxgalteriya hujjatlarini tahlil qilish imkoniyatlari yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda vazirlik tomonidan 2027-yildan boshlab Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish talablari asosida bosqichma-bosqich transformatsiya qilish ishlari amalga oshirilayotgani ma'lum qilindi. Shu munosabat bilan Keeping platformasini ham ushbu jarayon bilan uyg'un ravishda xalqaro standartlarga moslashtirib borish tavsiya etildi.

Mutasaddilar platformani yanada takomillashtirishda rivojlangan davlatlar tajribasini, xususan Buyuk Britaniyaning moliyaviy hisobot va raqamli buxgalteriya tizimlari bo'yicha amaliyotini o'rganish hamda ilg'or yechimlarni joriy etish muhimligini ta'kidladilar.

Uchrashuv yakunida buxgalteriya hisobining Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq transformatsiya qilish jarayonida RealSoft kompaniyasini vazirlikning mazkur yo'nalishdagi IT hamkorlaridan biri sifatida jalb etish yuzasidan taklif bildirildi. O'z navbatida, kompaniya mazkur islohotlarni qo'llab-quvvatlash, Keeping platformasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda barcha zarur texnologik yechimlarni yaratishda yordamga tayyor ekanini bildirdi.

Mazkur uchrashuv buxgalteriya hisobi sohasini raqamlashtirish, xalqaro standartlarga mos zamonaviy yechimlarni joriy etish hamda davlat va xususiy sektor hamkorligini yanada rivojlantirish yo'lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e'tirof etildi.

Buxgalteriyani raqamlashtirishga qaratilgan zamonaviy yechimni o'zingiz sinab ko'rmoqchimisiz? Keeping platformasini bepul sinab ko'ring.

Buxgalteriyani yangicha yuritishga tayyormisiz?

U holda hoziroq ro'yxatdan o'tib, 1 oy bepul sinab ko'ring va barcha imkoniyatlarni o'zingiz baholang!

Biz bilan bog'lanish uchun formani to'ldiring

Mutaxassislarimiz siz bilan tez orada bog'lanadi va barcha savollaringizga javob beradi.

Telefon

+998 88 301 84 84

Elektron pochta

info@keeping.uz

Telegram

@keepinguz

Manzil

Toshkent sh, Yunusobod tumani, Kichik halqa yo'li 38/1

Ma'lumotlaringizni yuborish orqali siz Keeping Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

🍪

Saytimizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali siz ushbu fayllardan foydalanishga rozilik bildirasiz.